Endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirişda töplagan balliga nisbatan ma’lum miqdordagi qöşimça ball beriladigan şakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025 öquv yilida tanlagan ta’lim yönalişi böyiça belgilangan ötiş balli va undan yuqori ball töplagan taqdirda, töplagan balliga mos ravişda davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida qöşimça kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi. Bu prezidentning 2024/2025 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisidagi farmoyişida belgilangan.
Rivojlanayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj yuqori bölgan bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaşni ta’minlaş, oliy ta’lim taşkilotlarida yoşlarning sifatli ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, kadrlar tayyorlaşni tarmoq, hududiy va maqsadli investitsiya loyihalariga manzilli yönaltiriş maqsadida:
Özbekiston prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş va davlat buyurtmasini joylaştiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi PF–81-son farmoniga muvofiq:
- davlat buyurtmasi parametrlarini bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça kunduzgi ta’lim şaklida tasdiqlaş tartibi joriy etilganligi;
- davlat buyurtmasi böyiça kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik berilganligi;
- davlat oliy ta’lim muassasalari uçun örnatilgan tartib va şartlar böyiça talabalar qabulini amalga oşiruvçi nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida iştirok etişga ruxsat etilganligi;
- 2024/2025 öquv yilidan boşlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qiliş böyiça imtihonlar “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq ötkazilişi belgilanganligi ma’lumot uçun qabul qilinadi.
2024/2025 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari:
- bakalavrlar tayyorlaş böyiça kunduzgi ta’lim şakliga – 34 838 nafar etib, 1-ilovaga muvofiq;
- magistrlar tayyorlaş böyiça –












