«U darhol iste’foga çiqişi kerak» - Baydenning qaroriga AQŞ va dunyodagi reaksiyalar
|19:08 / 22.07.202415 84310 min
AQŞ prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasida iştirok etişdan boş tortişi va endi bor e’tiborini muddatining qolgan qismidagi prezidentlik majburiyatlarini bajarişga qaratişini e’lon qilişi turliça reaksiyalarni keltirib çiqardi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Donald Tramp AQŞ prezidentligiga nomzod
Aldoqçi Jo Bayden prezidentlik lavozimiga nomzod bölişga yaramasdi, lavozimga esa aniq loyiq emasdi — va heç qaçon loyiq ham bölmagan! U prezidentlik lavozimiga öz yertölasidan çiqmagan holda faqat yolğon va soxta xabarlar bilan ega çiqqan. Uning atrofidagilarning barçasi, jumladan şifokori va media xodimlari u prezident bölişga qodir emasligini bilişardi va u amalda ham qodir böla olmadi. Endi u mamlakatimiz bilan nimalar qilganiga bir qarang. Millionlab kişilar çegaralarimizni butunlay nazoratsiz va tekşirilmasdan kesib ötişmoqda, ulardan köpçiligi qamoqxonalardan, jinnixonalardan çiqqan, rekord miqdorda terrorçilar kirib kelmoqda. Biz uning prezidentligidan qattiq aziyat çekdik, ammo biz juda tez fursatda u yetkazgan zararni qoplaymiz. AMeRIKANI YaNA BUYuK QILAMIZ!
Kamala Harris AQŞ vitse-prezidenti
«Prezidentdan qöllov oliş men uçun katta şaraf va men munosib böliş va bu nominatsiyani yutib oliş niyatidaman. Saylovgaça 107 kun qoldi. Biz birgalikda kuraşamiz. Va birgalikda ğolib çiqamiz. <…> Uşbu fidokorona va vatanparvarlik harakati bilan prezident Bayden butun faoliyati davomida qilib kelgan işni yana bir bor takrorladi: Amerika xalqi va mamlakatimizni hammasidan ustun qöydi. <…> U favqulodda yutuqlari bilan zamonaviy Amerika tarixida tengsiz bölib, ikki muddat işlagan köplab prezidentlar merosidan ham ustunroq. <…> Men Donald Trampni yengiş uçun Demokratik partiya va millatimizni birlaştiriş yölida qölimdan kelganini qilaman».
Volodimir Zelenskiy Ukraina prezidenti
Sönggi yillarda köplab kuçli qarorlar qabul qilindi, ular prezident Baydenning qiyin davrlarga javoban dadil qadamlari sifatida esda qoladi. Va biz uning bugungi qiyin, ammo kuçli qarorini hurmat qilamiz. Biz doimo prezident Baydenning rahbarligidan minnatdormiz. U tarixdagi eng dramatik pallalarda bizning mamlakatni qöllab, bizga mamlaktimiz Putin tomonidan okkupatsiya qilinişiga yöl qöymaslikda va bu qörqinçli uruş davomida yordam körsatdi. Ukraina va butun Yevropadagi hozirgi vaziyat hamon qiyinligiça qolmoqda va biz kelgusida ham Amerikaning kuçli rahbariyati Rossiya yovuzligi muvaffaqiyatga erişişiga tösqinlik qilişda davom etişiga umid qilamiz.
Dmitriy Peskov
Mavzuga oid
Kreml matbuot kotibi
Saylovlarga qadar hali tört oy bor va bu köp narsa özgarişi mumkin bölgan muddat. Sabrli böliş va buyoğiga nima bölişini diqqat bilan kuzatiş lozim. Biz uçun birinçi navbatda — maxsus harbiy amaliyot maqsadlariga erişiş.
Mayk Jonson Vakillar palatasi spikeri
Amerika tarixidagi misli körilmagan uşbu daqiqalarda biz hozirgina nimalar bölganini aniq anglaşimiz kerak. Demokratik partiya saylovga atigi 100 kun qolganida byulletendan demokratlar nomzodini olib taşladi. Jo Baydenni demokratlarning prezidentlikka nomzodi sifatida tanlagan 14 milliondan ortiq amerikalikning ovozlarini bekor qiliş orqali özini «demokratiya partiyasi» deb nomlagan kuçlar töğridan töğri buning aksini isbotladi. <…> Agar Jo Bayden prezidentlikka nomzod böla olmasa, unda u prezident ham böla olmaydi. U zudlik bilan iste’foga çiqişi kerak.
Çak Şummer Senatdagi demokratlar yetakçisi
Jo Bayden nafaqat buyuk prezident va kongressmenlarning buyuk yetakçisi, balki çindan ham hayratlanarli inson. Uning qarori, albatta, oson emasdi, ammo u yana bir bor öz mamlakati, öz partiyasi va bizning kelajagimizni birinçi öringa qöydi.
Gevin Nyusom Kaliforniya gubernatori
Prezident Bayden tarix yaratgan favqulodda prezident —mehnatkaş insonlar uçun qattiq kuraşgan va barça amerikaliklar uçun ajoyib natijalarga erişgan rahbar. U tarixga eng hurmatli va fidokor prezidentlardan biri sifatida kiradi. Rahmat, Jo Bayden.
Donald Tusk Polşa boş vaziri
Janob prezident Jo Bayden, siz Polşa, Amerika va butun dunyoni xavfsizroq, demokratiya va erkinlikni — kuçliroq qilgan köplab qiyin qarorlarni qabul qilgansiz. Men bilamanki, siz sönggi qaroringizni e’lon qilayotib ham xuddi şunday harakat qildingiz. Bu ehtimol, hayotingizdagi eng qiyini edi.
Joş Şapiro Pensilvaniya gubernatori
Prezident Bayden — Senatda, vitse-prezident sifatida va zamonaviy tarixdagi eng nufuzli prezidentlardan biri sifatida mamlakatimizga şaraf bilan xizmat qilgan vatanparvar. Prezident Bayden mamlakatimizni oldinga boşlaş, demokratiyamiz va haqiqiy erkinlikni himoya qiliş uçun aql bovar qilmas darajada köp işlarni amalga oşirdi.
Naomi Bayden Jo Baydenning nabirasi
Bugun men mamlakatimizga sidqidildan xizmat qilgan buvam, prezidentimiz Jo Bayden bilan şunçaki faxrlanaman. U nafaqat biz körgan eng samarali prezident böldi, balki özini mamlakatimiz tarixidagi eng effektiv va ta’sirli davlat arbobi sifatida namoyon etdi. U tom ma’noda mamlakatimiz va dunyo 50 yil davomida töqnaş kelgan har bir muhim muammo markazida turdi va ularga sezilarli ta’sir körsatdi. Uning şarofati bilan dunyo bugun köp jihatdan yaxşiroq.
Berni Sanders senator
Jo Bayden mamlakatimizga halol va munosib xizmat qildi. Öz vaqtida iş taşlagan işçilar bilan piketga çiqqan bölajak prezident sifatida u zamonaviy Amerika tarixidagi işçilar sinfining asosiy tarafdori edi. Qilingan barça işlar uçun rahmat, janob prezident.
Bill va Hillari Klinton
AQŞning sobiq prezidenti va AQŞning sobiq davlat kotibi
Vitse-prezident Harrisni qöllab-quvvatlaşda prezidentga ergaşiş biz uçun şaraf va biz uni qöllaş uçun qölimizdan kelganini qilamiz.
Elizabet Uorren senator
Sönggi tört yilda u köp narsaga erişdi — iş örinlarini qaytardi, yirik korporatsiyalarga qarşi turdi va iqtisodiyotni barçamiz uçun işlaydigan qilib qaytadan qurdi. <…> . U 2020 yilda Donald Tramp ustidan qozonilgan ğalaba uçun hurmatga loyiqdir va uning bugungi fidokorona qarori bizga buni 2024 yilda ham takrorlaş uçun yaxşi imkoniyat taqdim etdi. Donald Tramp öz hokimiyatini saqlab qoliş uçun demokratiyamizni vayron qilişga urinayotganida, Jo Bayden demokratiyamizni saqlab qoliş uçun öz ixtiyori bilan bir çetga çiqdi. Prezident Baydenning fidoyi harakati — Qöşma Ştatlar xalqi uçun katta sovğa bölib, biz uni behuda sarflamasligimiz darkor.
Riçard Hadson Respublikaçilar partiyasi saylovoldi ştabi boşliği
Prezidentimiz layoqatsiz, demokratlar buni yaşiriş uçun Amerika xalqini aldayotganini bilişardi. Saylovçilar öz işonçiga qilingan xiyonatni keçirmaydi va unutmaydi.
Barak Obama AQŞning sobiq prezidenti
Jo Bayden Amerikaning eng nufuzli prezidentlaridan biri, şuningdek mening qadrdon döstim va hamkorim. Bugun bizga yana bir bor u oliy toifadagi vatanparvar ekanini eslatdi. <…> Keyingi kunlarda biz hali örganilmagan suvlarda sayohat qilamiz. Ammo men partiyamiz yetakçilari jarayonni töğri yölga qöya olişiga va natijada ajoyib nomzod paydo bölişiga işonaman. Men işonamanki, Jo Baydenning hamma uçun imkoniyatlar yaratiladigan saxiy, gullab-yaşnagan va yakdil Amerika haqidagi qaraşlari Demokratik partiyaning avgust oyidagi qurultoyida töla namoyon böladi.
Demokratik partiya butun mamlakat böylab birinçi saylovlarda Amerika xalqi xohiş-irodasi ustidan çiziş bilan band edi. Ular çegaralar oçiqligi, yuqori narxlar, iqlim radikalizmi va jinoyatçilikka qarşi yumşoq siyosatni sotadilar.
Edgars Rinkeviçs Latviya prezidenti
Siyosat heç qaçon bunday qiziqarli bölmagan.
Kir Starmer Buyuk Britaniya boş vaziri
Men prezident Baydenning qarorini hurmat qilaman va umid qilamanki, biz uning prezidentlik muddati yakuniga qadar bölgan davrda birga işlaymiz. Men bilamanki, u özning butun ajoyib faoliyati davomida bölgani kabi Amerika xalqi uçun yaxşi deb hisoblagan qarorini qabul qildi.
Olaf Şols Germaniya kansleri
Mening döstim Jo Bayden köp narsaga erişdi: öz mamlakati uçun, Yevropa uçun, butun dunyo uçun. U tufayli transatlantika hamkorligi yanada yaqinlaşdi, NATO kuçliroq böldi, AQŞ esa — biz uçun yaxşi va umidli hamkorga aylandi. Uning öz nomzodini ilgari surmaslik qarori e’tirofga loyiq.
Kiçik Robert Kennedi AQŞ prezidentligiga mustaqil nomzod
Men Baydenning qarorini qöllab-quvvatlayman. <…> Men Demokratik partiyani demokratiyaga bölgan sodiqligiga qaytişga hamda buni oçiq jarayon orqali namoyiş etişga çaqiraman. Demokratik partiyaning Milliy qömitasi elitasi tomonidan tanlangan nomzodni ilgari suriş örniga, partiya Donald Trampni mağlub eta oladigan nomzodni aniqlaş uçun betaraf sörovlardan foydalanişi kerak. Keyin delegatlar uşbu ma’lumotlar asosida nomzodni tanlaşi lozim. Agar ular avvalboşdan şunday qilişganida, men Demokratik partiyadan çiqişimga töğri kelmasdi.
Albert Gor AQŞning sobiq vitse-prezidenti
Prezidentlik lavozimida Jo Bayden ajoyib yetakçi böldi va şunday bölib qoladi. U iqlim muammolari sohasidagi yeçimlarga eng katta investitsiyalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqişga va imzolanişiga mas’ul böldi. U mamlaktimizga pandemiyani yengib ötişga yordam berdi, butun mamlakat böylab amerikaliklar uçun yaxşi maoşli iş örinlari yaratadigan iqtisodiy tiklanişni boşlab berdi hamda Amerikaning xorijdagi mavqeyini tikladi. Men bilamanki, u Amerika xalqiga xizmat qilişni yakunlamadi va keyingi oylarda ham bu mamlakatga dononlik bilan xizmat qilişda davom etadi. <…> Men uning fidokorona qarorini olqişlayman.