Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Demokratik partiyadan AQŞ vitse-prezidentligiga nomzod sifatida körsatilişi mumkin, deb yozadi Politico.
Gazetaning ta’kidlaşiça, partiya uni ehtimoliy nomzod sifatida tez-tez muhokama qilmoqda. Şu bilan birga, Jo Bayden örniga prezidentlikka nomzod sifatida körsatilgan AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris jamoasi bu örin uçun yana bir neça kişini körib çiqmoqda. Ehtimoliy nomzodlar orasida Miçigan gubernatori Gretxen Uitmer, Illinoys gubernatori Jyey Pritsker, Merilend gubernatori Uestli Mur va AQŞ transport vaziri Pit Buttijiç bor.
56 yoşli Gevin Nyusom 2019 yildan Kaliforniya gubernatori hisoblanadi. U bir neça bor Demokratik partiyadan prezidentlikka ehtimoliy nomzod deb atalgan. Jo Bayden prezidentlik poygasidan çiqib, uning örniga Kamala Xarris kelganidan söng, Gevin Nyusom bu qarorni qöllab-quvvatladi va «Heç kim Donald Trampga nisbatan undan yaxşiroq iş yurita olmaydi», dedi.
Biroq, Gevin Nevsom va Kamala Harris ikkalasi ham Kaliforniya ştati vakili. AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan 12-tuzatişga köra, nomzodlar bir ştat vakili bölsa, saylovçilar ularga ovoz bera olmaydi. Aks holda ular Kaliforniyadagi 54 saylovçi ovozini yöqotişadi.
21 iyul kuni 81 yoşli Jo Bayden noyabr oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovida qatnaşmasligini e’lon qildi. U nomzodlikka AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris nomzodini qöllab-quvvatladi. Harris xonim Demokratik partiyani birlaştiriş va Donald Trampni mağlub etiş uçun hamma narsani qilişga va’da berdi.













