AQŞ Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Çitl AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampga suiqasd uyuştirilgani böyiça guvohlik berdi. 22 iyul, duşanba kuni AQŞ Kongressi Vakillar palatasida uşbu masala yuzasidan eşituvlar bölib ötdi.

OAV xabarlariga köra, Çitl sobiq prezidentga qilingan hujum uçun mas’uliyatni öz zimmasiga oldi va buni Maxfiy xizmatning önlab yillardagi «eng jiddiy operativ muvaffaqiyatsizligi» deb atadi. Şunga qaramay, Vakillar palatasining nazorat qömitasi bir qança respublikaçi va demokrat a’zolari uning iste’fosini talab qilişdi.

«Menimça, direktor mamlakatimiz uçun juda muhim va nozik bir paytda Kongress işonçini yöqotdi», - deydi Merilend ştatidan demokrat Jyeymi Raskin. U, nazorat qömitasi rahbari, respublikaçi Jyeyms Komer singari, Çitlni öz ixtiyori bilan lavozimini tark etişga çaqirdi.

Amerika ommaviy axborot vositalarining ta’kidlaşiça, Kimberli Çitl Federal tergov byurosi (FTB) tomonidan suiqasdga uriniş böyiça tergovga tayanib, kongressmenlar noroziligiga sabab bölgan voqea köplab tafsilotlarini muhokama qilişdan boş tortgan. Biroq, u özini «hozirgi vaqtda Maxfiy xizmatni boşqara oladigan eng yaxşi odam» deb atadi va bunday holat takrorlanmasligiga va’da berdi.

24 iyul, çorşanba kuni FTB direktori Kristofer Rey ham Vakillar palatasi sud qömitasi oldida çiqadi. Reuters agentligining yozişiça, Vakillar palatasi spikeri respublikaçi Mayk Jonson Donald Trampga suiqasd böyiça tergovga qöşiladigan ikki partiyadan iborat işçi guruh tuzmoqçi.

WP: Maxfiy xizmat Tramp xavfsizligini kuçaytirişdan boş tortgan 

AQŞ Maxfiy xizmati sobiq prezident Donald Tramp xavfsizligini ta’minlaş uçun qöşimça mablağ böyiça sörovlarni uzoq vaqt rad etib kelgan. Bu haqda The Washington Post (WP) tört manbaga tayanib xabar berdi. Maxfiy xizmat vakili Entoni Gulelmi xizmat Tramp xavfsizligini mustahkamlaş uçun qöşimça mablağ ajratişdan boş tortganini tan oldi. Şu bilan birga, matbuot kotibi ta’kidlaşiça, rad etilgan sörovlar sobiq prezident hayotiga suiqasd qilingan miting bilan bevosita boğliq emas.

Tramp ştabi Gulelmi bayonotiga izoh berişdan boş tortdi, lekin yana bir bor sobiq prezidentning xabarini eslatib ötdi, u Maxfiy xizmat va boşqa huquq-tartibot idoralariga qilgan işlari uçun minnatdorçilik bildirgandi. Bugungi kunda Maxfiy xizmat 20 dan ortiq kişining xavfsizligi uçun mas’ul bölib, ular aksariyati doimiy himoyaga muhtoj. WP manbasiga köra, agentlikning resurslari çeklangan. 2010 yildan boşlab kadrlar taqçilligi kuzatildi va işga qabul qilişda çeklovlar joriy etildi.