Shaharsozlik qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, bu uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Foto: Kun.uz
Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 23 iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda «Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda shaharsozlikka oid qonunchilik talablari buzilishi miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2021 yilda 30,5 mingta, 2022 yilda 32,5 mingta va 2023 yilda 36,2 mingta obekt qurilishi ishlari ustidan davlat nazorati o‘rnatilgan. Mazkur obektlarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi (Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo‘yicha 2021 yilda 3,1 ming, 2022 yilda 6,1 ming va 2023 yilda 7,6 ming nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslari hamda «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, qonun bilan Jinoyat kodeksning 229.3-moddasiga qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, obektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurish, ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilganlik hamda boshqa yana bir qator harakatlar uchun jinoiy javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilishi odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa bu uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilashi nazarda tutilmoqda.
Qayd qilinishicha, bu borada qonun normalarini buzib, ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hamda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun jarima jazosi belgilanmoqda.
Shuningdek, shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun amalda belgilangan jarima jazolari kuchaytirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Abadiy jangga tayyor» Rossiya, Trampni pulga ko‘mgan arablar – hafta dayjesti
Jahon | 13:09
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

21:09 / 15.05.2025
“Aniq reja yo‘q” - Hastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?

18:26 / 14.05.2025
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi

17:42 / 12.05.2025