Karmana tumanida yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan Ğ.Yo. notkoin sotgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, 2024 yil 28 iyun kuni Toşkent şahar IIBB tomonidan fuqaroning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilgan. Jarayonda Ğ.Yo.ga tegişli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan şuğullanilgani aniqlangan.

Sud majlisida Ğ.Yo. aybini tan olib, kripto-aktivni Telegram’da yiğganini, 20 000 dona notkoinni 150 AQŞ dollari evaziga sotganini ma’lum qilgan. Yigit bu qilmişi noqonuniy ekanini bilmaganini aytib, suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.

JIB Çilonzor tuman sudining 23 iyuldagi qarori bilan Ğ.Yo. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 155-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topgan. Unga nisbatan 10 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Şuningdek, aşyoviy dalil sifatida olingan telefon apparati tegişli tartibda yöq qilinişi belgilangan.

Avvalroq Termiz davlat universitetining 24 yoşli bitiruvçisi ham notkoin sotgani uçun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgandi.

Ma’lumot uçun, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 155-4-moddasi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş bilan boğliq huquqbuzarlik nazarda tutilgan. Uşbu moddaga köra, kripto-aktivlarni qonunga xilof ravişda oliş, ötkaziş yoki ayirboşlaş, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oşiriş 15 sutkagaça ma’muriy qamoq (ma’muriy qamoq qöllanişi mumkin bölmagan şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarima) jazosiga sabab böladi.