Misr hukumati mamlakatning katta qismida bir yildan ziyodroq muddatga elektr energiyasi iste’moliga çeklovlar kiritdi. Bu esa millionlab misrliklar 40 darajali jaziramada konditsionerlardan foydalanişdan mosuvo bölganini anglatadi.
Ötgan yozda elektr energiyasi yetişmovçiligi Misr hukumatini har kunlik uzib qöyişlarni joriy qilişga majbur qilgandi. Blekautlar şu qadar odatiy holga aylanib qoldiki, mahalliy OAVlar elektr uzilganda liftda qamalib qolsa nimalar qiliş kerakligi töğrisidagi maslahatlarni e’lon qila boşlaşdi.
Mahalliy OAVlarning xabariga köra, tok uzilib, liftda qamalib qoliş tufayli şu paytgaça 9 kişi vafot etgan.
Jazirama Misrdagi rekord inflatsiya, subsidiyalarning qisqarişi va milliy valutaning keskin tanazzuliga ham sabab bölmoqda. Misrliklar jaziramaga Sahroi Kabirdan kelayotgan şafqatsiz issiqlik tölqinlari sabab bölayotgani töğrisidagi rasmiy bayonotlarni qiyinçilik bilan qabul qilişmoqda, deb yozadi The New York Times.
Iqlimşunoslarning fikriça, Misr dunyoda eng tez sur’atlar bilan qizib borayotgan davlatlardan biri sanaladi.











