Elektromobil loyihasini işlab çiqqan “Kama” AJ va Rossiya töğridan töğri investitsiyalar fondi (RFPI) Xitoyning XY Group («Syuan Yuan») xalqaro korporatsiyasini jalb qilişga kelişib olgan, deb xabar bermoqda fondning matbuot xizmati. Hamkorlikka köra “Atom”ni Xitoy bozorida ötkaziş, şuningdek Harbin şahrida elektromobilni işlab çiqariş uçun sanoat maydoni va quvvatlarni izlab topiş nazarda tutilgan. Rejalarda Xitoyda qöşma tadqiqot va işlanmalar markazi tuziş ham bor.
Avvalroq RFPI “Atom”ni işlab çiqariş uçun 2 mlrd rubl sarmoya ajratilişini ma’lum qilgan. Bugunga kelib bu avtomobil uçun 105 mingdan ziyod avvaldan buyurtmalar olingan.
Ötgan yilning oxirida “Rostex” boş direktori Sergey Çemezov RF prezidenti Vladimir Putinga “Atom”ning tajriba namunasi 2024 yilda paydo bölişi, 2025 yildan boşlab seriyali işlab çiqariş boşlanişini aytgan edi.
RBKning aniqlik kiritişiça, “Atom” 7 soniyada 100 km/h tezlikka erişadi, avtomobilning yuriş zaxirasi esa 500 kmʼni taşkil etadi. “Atom” dizaynini Italiyadagi byurolardan biri işlab çiqqan.












