Olimpiada öyinlarida iştirok etişi kerak bölgan iroqlik dzyudoçi Sajjod Ğanim Sihin doping tufayli Parij-2024 olimpiadasidan çetlatildi.
28 yoşli sportçining qonida metandiyenon va boldenon taqiqlangan moddalari topilgan. Bu 2024 yilgi Olimpiada öyinlarida doping iste’mol qilgani uçun diskvalifikatsiya qilingan birinçi holatdir.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabariga köra, sportçining qon tahlili 23 iyul kuni Parijda olingan. Laboratoriya tekşiruvi natijalari 25 iyul kuni ma’lum bölgan. Sajjod Ğanim Sihin ITA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga şikoyat qiliş huquqiga ega.
Iroqlik sportçi 81 kg vazn toifasida iştirok etişi, 30 iyul kuni 1/16 final bosqiçi doirasida özbekistonlik Şarofiddin Boltaboyev bilan jangi rejalaştirilgandi. Endi özbekistonlik dzyudoçi töğridan töğri keyingi bosqiçga yöl oldi.













