Prokuror, şuningdek, M. Mirxöjayevni 15 yil, Ğ. Örinboyevni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qiliş, jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşni belgilaşni söragan.
“Saidaziz Medgorodok” işida sud tergovi yakunlandi. 26 iyul kungi sud majlisida prokuror muzokara nutqiga çiqib, suddan Saidaziz Saidaliyevga 20 yil, Mirsolih Mirxöjayevga 15 yil, boşqa sudlanuvçilarga 3 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni söragan. Bu haqda sudda iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Jumladan, davlat ayblovçisi sudlanuvçilar Ş.Samiyevga 15 yil; Ğ. Örinboyev, F.Alimov va J.Badalovga 13 yil; Ş. Quvvatov, A.Akramov, U. Rahimov va I. Sotiboldiyevga 12; Samadovga 11 yil; D. Sultonovga 8 yil va boşqa sudlanuvçilarga turli muddatlarga qamoq jazosi, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşni belgilaşni söradi.
Ma’lum bölişiça, sudlanuvçi Saidaziz Saidaliyevga dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat işi yuzasidan 14 ta epizod böyiça ayblov e’lon qilingan. Prokuror muzokara nutqida S. Saidaliyev 20 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qiliş, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşni belgilaşni söragan. Jinoiy yöl bilan orttirilgan pul va boşqa boyliklarni jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplaşga, qolgan qismini davlat foydasiga ötkazişni söragan.
Keyingi sud majlisida advokat va sudlanuvçilar tinglanadi. Sud 30 iyulga qadar tanaffus e’lon qildi.











