Toşkentda “köça jinoyat olami” vakili sifatida sudlanayotgan Saidaziz Sayidaliyev 25 iyul kungi sud majlisida öziga qöyilayotgan aksar ayblovlarni rad etişini bildirdi. “Töğri, davlatimiz qiladigan işga aralaşib qöyganman, töğri-notöğri qilib qöyganman, lekin kimlargadir öxşab menga oyma-oy pul töla degan joyim yöq”, dedi u.
“Saidaziz Medgorodok” işi böyiça sud jarayonlari davom etmoqda. 25 iyul kungi sud tergovida guvoh va sudlanuvçilar körsatma berdi.
“Menga “Saidaziz Medgorodok” deb nom qöyişganini bu yerga kelib bildim. Kim bilan gaplaşsam, özimni Saidazizman, “Medgorodok”da turaman deb taniştirganman. Salim Abduvaliyev menga otamday inson bölib, töğri yöl körsatgan. Şuning uçun sport yönalişi böyiça maslahat bergan. “Biznesmen” bölib sportning orqasidan ketgan insonman. Agar şu yöl yaxşi bölganda özi “polojyenets” bölardi. Meni öğri, “polojyenets” böliş kabi narsalarga umuman “strimitsa” qilmaganman. Töğri bolaman va haqiqatga, oq-qoraga töğri qarayman”, deydi Saidaziz Sayidaliyev.
Sud tergovida Sayidaliyev öziga qöyilayotgan aksar ayblovlarni rad etişini bildirdi.
“Xatoyimni bilaman: 229-modda böyiça, özboşimçalik. Töğri, davlatimiz qiladigan işga aralaşib qöyganman, töğri-notöğri qilib qöyganman, lekin kimlargadir öxşab menga oyma-oy pul töla degan joyim yöq”, dedi u.
Şuningdek, prokuror va advokatlar sudlanuvçi Saidaziz Saidaliyevni BYD Song Plus va Lacetti maşinalari, 180 mln sömlik nemis otlari kabi boyliklarni qayerdan olganligi borasida söroq qilişdi.
Sudlanuvçi nemis otlari qarz evaziga va tuğilgan kuniga sovğa tariqasida berilganini aytdi.
“Toğda 6 sotixli yerim bölgan. Bahrom degan bola bilan BYD Song Plus va Lacetti maşinalariga öşa yerimni almaşganman”, deydi Sayidaliyev.
Eslatib ötamiz, 29 nafar sudlanuvçining aksariyati tovlamaçilik, firibgarlik, bezorilik, pora beriş, öğrilik, öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş kabi qator jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlanmoqda. Jumladan, Saidaziz Sayidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamaçilik), 165-moddasi 3-qismi “v” bandi (Tovlamaçilik), 168-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (Pora beriş), 242-moddasi 1-qismi (Jinoiy uyuşma taşkil etiş), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandi (Bezorilik), 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.












