Bunda Cellebrite kompaniyasi yordam bergan — u butun dunyo böylab maxsus xizmatlarni hakerlik vositalari bilan ta’minlaydi.
Donald Trampni otgan Tomas Mettyu Kruksning telefonini buzib kiriş uçun Federal tergov byurosi agentlariga atigi 40 daqiqa kifoya qilgan. Bu işni isroillik dasturçilar yordamida amalga oşirişgan. Bu bir tomondan agentlar tezkor işlaganini körsatsa, boşqa tomondan zamonaviy smartfonlar xavfsizligi haqida gaplar şunçaki safsata ekanini navbatdagi marta isbotlaydi. AQŞ naşrlarida jinoyatçining telefoni qanday buzib kirilgani haqida tafsilotlar paydo böldi.
Bloomberğning yozişiça, Federal qidiruv byurosi Kruksning telefonini buzib kiriş uçun Isroildagi Cellebrite kompaniyasi taqdim etgan dasturiy ta’minotidan foydalangan. Idora suiqasddan ikki kun ötib telefon buzib kirilganini e’lon qilgandi. Byuro telefonni qanday qilib bunçalik tez buzib kirganini tuşuntirmagan. Vaholanki, odatda gumonlanuvçilar telefonini buzib kirişga bir neça oy talab qilingan.
Washington Post Kruksning telefoni Samsung kompaniyasi işlab çiqargan oxirgi modeldagi qurilmalardan biri ekanini yozdi. Undagi Android tizimi Isroil kompaniyasi taqdim etgan qurilma yordamida ikkinçi urinişda buzib kirilgan. Avvaliga telefon Pitsburgdagi FTB idorasiga yuborilgan. Ammo u yerda qurilmani buzib kira olişmagaç, gadjet Virjinyadagi Kuantiko FTB agentlariga yuborilgan. U yerda agentlar aynan isroillik dasturçilar işlab çiqargan Cellebrite dasturiy ta’minoti orqali qurilmani buzişadi.
Pitsburgdagi idorada ham xuddi şunday dastur bölgan, lekin uning yordamida qurilma blokini oça olişmagan. Kauntikoda esa isroillik mutaxassislar qöşimça texnik kömak taqdim etgaç, Kruksning telefoni oçiladi. Qiziği, amerikaliklarga taqdim etilgan dastur hali işlab çiqariş bosqiçida bölgan.
Washington Post'ga köra, Kruksning telefoni buzib kirilgani tergov jarayonini tezlaştirmagan. Qotilning şeriklari bölganmi? Suiqasd motivi nimadar iborat bölgan? Qurilma buzib kirilgani ham mana şu ikki muhim savolga javob topmagan.
OAVda Cellebrite dasturi telefonlarni qanday buzib kirişi haqida turli ma’lumotlar paydo böldi. Ularda aytilişiça, bu dastur foydalanadigan usullardan biri qayta urinişlarni bloklovçi himoya tösiğini bloklaş hisoblanadi. Şuningdek, isroilliklar işlab çiqarib, dunyoga sotadigan dastur telefonga kiriş uçun bir vaqtning özida millionlab parollarni kirita oladi. FTB aynan qanday uslubdan foydalangani aniq emas.
The Verge naşri yozişiça, AQŞdagi deyarli barça politsiya bölimlarida telefonlarni buzib kirişga moslaşgan Cellebrite qurilmalari bor. Maxsus xizmatlarda esa yanada köproq qurilmalardan foydalanadi. Upturn notijoriy tadqiqot taşkiloti ötkazgan suriştiruvda AQŞning 50 ta ştati va Kolumbiya okrugidagi 2 mingdan ortiq huquq-tartibot idoralarida mobil qurilmalarni kriminal ekspertiza qiladigan qurilmalar mavjud. Ular orasida narxi 30 ming dollar turadigan Graykey qurilasi ham bor. Uning asosçisi qurilmaning yangi versiyasi iOS 17 operativ tizimini va Samsung Galaxy S24 telefonlarini bemalol buzib kira olişini aytib maqtangan.












