Özbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya öyinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi.
-52 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan dzyudoçi Diyora Keldiyorova yarimfinalda mezbonlar vakili, Tokio Olimpiadasi finalçisi, uç karra Yevropa çempioni Amandin Buşarni mağlubiyatga uçratişga muvaffaq böldi.


Endi u oltin uçun Tokio Olimpiadasi ğolibi (-48 kg vaznda), kosovolik Distria Krasniçiga qarşi gilamga çiqadi. Kosovolik sportçi yarimfinalda Olimpiada öyinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Jyuffridani mağlub etdi.
Keldiyorova hozirning özida tarix yozdi va kamida kumuş medalni naqd qilgan holda yozgi Olimpiya öyinlari tarixida eng yaxşi natija qayd etgan özbekistonlik ayol böldi.
Bungaça yozgi Olimpiya öyinlarida Yekaterina Hilko bronza medal qölga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakraş) va ayollar orasida medal olgan yagona sportçi edi.
- Avvalroq, 26 yoşli özbekistonlik dzyudoçi nimçorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada çempioni Ute Abening 5 yillik mağlubiyatsiz seriyasiga barham berib, uni turnirdan çiqarib yuborgan, çorakfinalda germaniyalik Maşa Ballhausni mağlub etgandi.
- Ma’lumot uçun, Keldiyorova Tokio-2020 Olimpiadasida iştirok etib, dastlabki bosqiçda turnirni tark etgandi.













