Raqobat qömitasi Farğona viloyati Quvasoy şahridagi boğçalarga keytering xizmatini körsatiş tendersiz bitta korxonaga berib yuborilişini noqonuniy deb topdi.
Kun.uz avvalroq xabar berganidek, Quvasoy şahrida boğça bolalarini keytering tizimi asosida ovqatlantiriş böyiça respublikadagi birinçi korxona iş boşlagan bölib, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov qarori bilan bu korxonaga boğçalar tender ötkazmasdan biriktirib berilgan.
Vaholanki, tegişli tartibga asosan, davlat boğçalarida autsorsing usulida ovqatlantiriş Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi tomonidan ötkaziladigan tanlov natijalariga köra taşkil etilişi kerak.
Raqobat qömitasi xabariga köra, bu holatda “Raqobat töğrisida”gi qonunning 22-moddasi buzilgan. Şunga asosan, raqobat muhitini ta’minlaş uçun Farğona viloyati hokimi qarorini bekor qiliş va talablarni qayta körib çiqiş yuzasidan körsatma xati yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu keytering loyihasining dastlabki taşabbuskori va turk investori Kun.uz'ga bergan intervyularida Quvasoy şahri hokimini loyihani öziniki qilib olişga urinayotganlikda ayblagandi. Investorlar va şahar hokimi örtasida kelişmovçilik kelib çiqqaç, loyiha muassisi özgargan.












