Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi Farğona viloyati Quvasoy şahridagi 17 ta davlat boğçasi yangi taşkil etilgan keytering korxonasiga biriktirib qöyilganiga munosabat bildirdi.

Vazirlik örganişlariga köra, “Garden Catering” korxonasi tomonidan taklif qilinayotgan xizmatda bir qança talablarga rioya qilinmagan. Xususan, taomlarning retseptura töplami, tarkibiy qismi hamda energetik qiymati SanQvaM 0016-21 talablari asosida işlab çiqilmagan.

Tarbiyalanuvçilarga yetkazib beriladigan taomlarni taşiş, saqlaş va iste’molga berilişiga qöyiladigan sanitariya-gigiyena talablari böyiça tizimli işlar belgilab olinmagan.

Qolaversa, keytering taşkiloti tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanadigan taomlardan olinadigan kunlik sinamalar, ya’ni bolalarga beriladigan taomlar sifatini doimiy nazorat qilib boriş böyiça maxsus laboratoriya joriy qilinmagani ham aniqlangan.

Bundan taşqari, vazirlik viloyat hokimligi qaroriga asos qilib olingan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-sonli qarorida va umuman normativ huquqiy-hujjatlarda keytering usulida ovqatlantiriş bilan boğliq tartiblar belgilanmaganini ta’kidlab, “Xarid.uz” yoki boşqa portallar orqali şartnomalar tuziş böyiça hukukiy asos mavjud emasligini aytgan.

“Qolaversa, Özbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonuni talablariga rioya etilişi şart. Maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilarini soğlom ovqatlantiriş bilan boğliq har qanday taşabbus Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan kelişilgan holda, amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida yölga qöyilişi lozim deb hisoblaymiz”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Avvalroq Raqobat qömitasi Quvasoydagi boğçalarga keytering xizmatini körsatiş huquqi tendersiz bitta ta’minotçiga berib yuborilganini qonunga zid deb topib, viloyat hokimligiga bu haqdagi qarorni bekor qiliş böyiça körsatma bergandi.

Undan avval esa Kun.uz'da Quvasoy şahrida boğça bolalarini keytering tizimi asosida ovqatlantiriş böyiça respublikadagi birinçi korxona iş boşlaşi, viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning qarori bilan bu korxonaga boğçalar tender ötkazmasdan biriktirib berilgani