Rossiya Arktika, Boltiq va Kaspiy dengizlari hamda Tinç okeanida keng kölamli harbiy-dengiz maşqlarini boşladi. «Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining birlaşmalari va tuzilmalari Şimoliy, Tinç okeani va Boltiq flotlarining operatsion zonalarida, şuningdek, Kaspiy flotiliyasi mas’uliyati zonasida rejalaştirilgan maşğulotlarni ötkazişni boşladilar», deb xabar qildi seşanba, 30 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram’da.
20 mingdan ortiq iştirokçilar
Manevrlarda 300 ga yaqin kemalar, katerlar, suvosti kemalari va yordamçi kemalar, 50 tagaça uçiş apparati, 200 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, şuningdek, 20 mingdan ortiq harbiy va fuqarolik xodimlari iştirok etmoqda, deyiladi xabarda.
Köp kunlik öquv maşğulotlari maqsadi dengiz flotining «harbiy qömondonlik va nazorat organlari harakatlarini sinovdan ötkaziş» va «kemalar ekipajlari, dengiz aviatsiyasi bölinmalari va Rossiya dengiz floti qirğoq qöşinlari öz oldiga qöyilgan vazifalarni bajarişga tayyorligini tekşiriş». Manevrlar davomida 300 dan ortiq «qurollardan amaliy foydalaniş bilan jangovar maşqlar» ötkazilişi kutilmoqda. Gap boşqa narsalar qatorida zenit-raketa va artilleriyadan dengiz va havodagi nişonlarni otiş haqida bormoqda.
Ayni paytda, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qatnaşayotgan va sönggi ikki yil davomida katta yöqotişlarga uçragan Rossiya Qora dengiz floti maşğulotlarda qatnaşmayapti.












