31 iyulga ötar keçasi Eron poytaxti Tehronda Hamas yetakçilaridan biri Ismoil Haniya halok böldi. Uning ölimi haqida dastlab falastinliklar guruhi, şuningdek Eron inqilobi muhofizlari korpusi rasman xabar berdi.
Hamas bayonotida Haniya isroilliklar uning Eron poytaxtidagi qarorgohiga hujum qilişi oqibatida halok bölgani aytiladi. U bilan birga uning tansoqçisi ham halok bölgan. Al Mayadeen telekanaliga köra, Haniya joylaşgan uyga boşqa davlat hududidan turib raketa zarbasi yöllangan, ammo uning ölimi sababi böyiça hozirça rasmiy ma’lumot berilmadi. Hamasning yuqori martabali vakili Muso Abu Marzuq Haniyaning öldirilişini «qörqoqlarça akt» deb atagan va bu «javobsiz qolmasligi»ni bildirgan. Iordan daryosining ğarbiy sohilidagi Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos ham Haniyaning öldirilişini qoralagan.
Isroil hukumati hozirça Haniyaning ölimi yuzasidan rasmiy bayonot bermadi. Bir kun oldin Livan poytaxti Bayrut şahriga zarba berilişi oqibatida «Hizbulloh»ning yuqori martabali qömondonlaridan biri Fuad Şukr öldirilgani haqida xabar bergan Isroil mudofaa armiyasi vakili CNN telekanalining Hamas yetakçisi ölimi borasidagi savoliga javob qaytarmagan. Haniyaning öldirilişi haqida gapirgan yagona isroillik mulozim Quddus işlari va Isroil merosi böyiça vazir Amihay Eliyahu böldi, u bu holatni «dunyoni ifloslikdan tozalaşning töğri yöli» deb atagan.
Rossiya TIV Haniyaning ölimini «mintaqadagi keskinlikning yanada kuçayişi»ga olib keluvçi «mutlaqo yöl qöyib bölmaydigan siyosiy qotillik» deb atadi. Bunday bayonot vazir örinbosari Mixail Bogdanov tomonidan berilgan.
2019 yildan buyon Qatar va Turkiyada surgunda yaşab kelgan Haniya Eronning 2024 yil mayida aviahalokatda vafot etgan prezidenti Ibrohim Raisiy örniga yangi saylangan prezidenti Ma’sud Pezeşkiyonning inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronga kelgandi. The New York Times naşri yozişiça, Haniya biroz oldinroq Eron diniy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy bilan uçraşgandi.

Vahid Salemi / AP / Scanpix / LETA
Ismail Haniya 62 yoşda edi, u Ğazo sektoridagi Aş-Şati qoçqinlar lagerida tuğilgan. U Ğazodagi Islom universitetida arab adabiyotini öqigan, keyin esa Hamas harakatiga qöşilgan. 2006 yilda, Hamas Ğazo sektorida hokimiyatga kelganidan keyin, Haniya qisqa muddatga Falastin milliy ma’muriyati boş vaziri lavozimini egallaydi. Bir yilga yaqin vaqt ötib Falastin milliy ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbos Haniyani iste’foga çiqaradi, ammo u Ğazo sektoridagi guruh rahbari bölib qoladi. 2017 yilda Haniya Hamas siyosiy byurosiga rahbar böladi. 2021 yilda uni bu lavozimga qayta saylaşadi.













