Sönggi yillarda u Qatarda yaşab kelardi va ançadan buyon Ğazo sektorida bölmagan.
62 yoşli Ismoil Haniya 2017 yilda Hamas siyosiy byurosi rahbarligiga saylangan, u bu lavozimda Xolid Maşal örnini egallagan, ammo u ilk bor 2006 yilda Hamas kutilmaganda Ğazodagi saylovlarda ğalaba qozongaç, Falastin muxtoriyati boş vaziri bölganida tanilgandi.
Haniya 1962 yilda Ğazo şahridan ğarbdagi qoçqinlar lagerida tuğilgan. Uning ota-onasi 1948 yilda arab-isroil uruşi vaqtida hozirgi Aşkelon şahri atrofida bölgan uyini tark etgandi.
U Ğazodagi Islom universitetida arab adabiyotini örgangan va şu yerda islom harakatiga a’zo bölgan.
Haniya universitetni 1987 yilda tamomlagan, birinçi intifadada qatnaşgan va şundan köp vaqt ötmay namoyişlardagi iştiroki uçun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan. U öşanda qisqa muddatga qamaladi.
1988 yilda, Hamas Ğazoda «asosiy qarşilik harakati» sifatida yetakçi pozitsiyani egallaganida uni yana hibsga olişadi va olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etişadi.
Keyingi yili Haniya yana hibsga olinadi va uç yilga qamaladi.
1992 yilda ozodlikka çiqqanidan keyin Haniya Hamasning yuqori martabali yetakçilari Abdul Aziz al-Rantisiy, Mahmud al-Zahar va guruhning boşqa 400 dan ortiq a’zolari bilan birgalikda Marj az-Zuhur lageriga deport qilinadi — u Isroil va Livan çegarasidagi mazkur betaraf hududda yana bir yilni ötkazadi.
Haniya 1993 yil dekabrida Ğazoga qaytadi va Islom universitetida dekan lavozimini egallaydi.

1997 yilda Haniya Hamas harakati diniy rahnamosi, şayx Ahmad Yosinning kotibi va öng qöli böladi, bu uning pozitsiyasini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
2003 yil sentabrida Haniya va Ahmad Yosin isroilliklarning Ğazo şahridagi turar joy binosiga yöllagan aviazarbasi oqibatida yengil tan jarohati oladi.
Yarim yil ötib Ahmad Yosin isroilliklar zarbasi qurboniga aylanadi, zarba u masjiddan bomdod namozini öqib çiqqan mahalda berilgandi.















