Hamas harbiy qanoti yetakçisi Muhammad Deyf Xon Yunusga berilgan raketa zarbasi oqibatida halok bölgan. Isroil mudofaa armiyasi bu ma’lumot razvedka ma’lumotlari asosida tasdiqlanganini e’lon qildi.
Isroil 13 iyul kuni Xon Yunusdagi qoçoqlar lageri yaqiniga raketa zarbasi yöllagan va zarba nişoni aynan Muhammad Deyf bölganini bildirgandi. Bugun, 1 avgust kuni Isroil mudofaa armiyasi saytida e’lon qilingan xabarda aytilişiça, öşa zarba natijasida Hamas harbiy qanoti, «Izzaddin al-Qassam brigadalari» qömondoni Muhammad Deyf ham halok bölgan. Bu ma’lumot Isroil razvedkasi tomonidan tasdiqlangan.
«Isroil mudofaa armiyasi 13 iyuldagi Xon Yunusga berilgan raketa zarbasi natijasida Muhammad Deyf öldirilganini tasdiqlaydi. Deyf Hamas tuzilmasidagi ikkinçi odam va 7 oktyabrdagi 1200 kişining ölimi bilan yakunlangan hujum taşkilotçisi va ijroçisi bölgan.
Isroil mudofaa armiyasi aniq razvedka ma’lumotlari asosida Muhammad Deyf va Rafa Salma bölgan binoga zarba bergan, Salmaning ölimi avvalroq tasdiqlangandi. Deyf Yahyo Sinvar bilan yelkama-yelka harakat qilib, Ğazodagi harbiy harakatlarni boşqargan», deyiladi TsAHAL bayonotida.
Öşanda Hamas 70 dan ortiq kişi halok bölganini ma’lum qilgandi.
Muhammad Deyfning ölimi bir kun avval Hamas siyosiy qanoti yetakçisi Ismoil Haniya Tehronda öldirilgani ortidan tasdiqlandi. Isroil Deyfni 7 oktyabrdagi Isroilga hujum ğoyaviy ilhomlantiruvçisi va amaliy ijroçisi deb biladi. Şuningdek, Deyf Ğazodagi tunnellar tizimi va «Qassam» raketalari asosçisi deb qaraladi.
Muhammad Deyf Hamas taşkil etilgan 1987 yildan uning safida bölgan, Isroil maxsus xizmatlari 1990-yillar örtalaridan buyon uni ta’qib etib kelgan. Isroilliklar 2001 yildan keyingi davrda uni öldiriş uçun kamida yetti bor urinişgan. OAVda tarqalgan ma’lumotlarga köra, u 2002 yilgi suiqasd oqibatida közidan ayrilgan, tört yil ötib amalga oşirilgan hujum vaqtida ikki oyoği va bir qölini yöqotgan. 2014 yilda Deyfning uyiga zarba oqibatida rafiqasi, uç yoşli qizi va çaqaloq öğli halok bölgan.














