Propan narxi yoqilği quyiş şoxobçalarida örtaça 4800-5000 sömdan 6000-6200 sömgaça qimmatlaşgani aytilmoqda. Bu birjada narxlar oşgani ortidan röy bergan.

1 iyul holatiga propanning 1 tonnasi 6 mln 23,8 ming sömdan sotilgan bölsa, bu 31 iyulga kelib 7 mln 538,5 ming sömgaça qimmatlaşgan. Ya’ni iyul oyi davomida uşbu mahsulot bahosi 25,1 foizga oşgan.

Rasmiy statistikaga köra, propan narxi iyul oyida 1,9 foizga, yillik hisobda 16 foizga qimmatlaşgan.

Raqobat qömitasi birja orqali realizatsiya qilinişi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qöyilişi va sotilişi yuzasidan tegişli örganişlarni olib borib, qöşimça axborot berilişini ma’lum qildi.

Rasmiy axborotda keltirilişiça, Raqobat qömitasi öz funksiyalaridan kelib çiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oşişi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlaştirişni ta’minlaş maqsadida 15 iyul kuni tegişli çoralar köriş yuzasidan mas’ul regulyatorga xabar yuborgan.

Avvalroq, metan gazi uçun eng baland narx belgilaş muddati tugaşi fonida narxlar 3750 sömdan respbublikaning turli hududlarida 3950 – 4250 sömgaça kötarilgani xabar qilingandi.