Sönggi kunlar mobaynida Rossiyada siyosiy moddalar bilan qamalgan mahbuslardan sakkiz nafari noma’lum yönalişda olib ketilgan. Ular orasida muxolifatçi Ilya Yaşin va huquq faoli Oleg Orlov, Aleksey Navalniyning hududiy ştablarining sobiq rahbarlari Liliya Çanişeva va Kseniya Fadeyeva hamda boşqalar bor.
29 iyul kuni advokatlar, qarindoşlari va boşqa tanişlardan olingan ma’lumotlarga köra, Novosibirsk oblasti va Perm ölkasidagi qamoqxonalardan Kseniya Fadeyeva va Liliya Çanişeva ğoyib bölib qolgan. Köp ötmay huquq faoli Oleg Orlov va rassom Saşa Skoçilenko haqida ham şunday xabarlar berildi, ular mos ravişda Sizran va Sankt-Peterburgdagi tergov izolyatorlarida saqlanayotgandi.
30 iyul kuni esa Smolensk va Arxangelsk oblastlaridagi koloniyalardan muxolifatçi Ilya Yaşin hamda davlatga xiyonat qiliş işi böyiça qamalgan 18 yoşli Kevin Likni (Unda Germaniya fuqaroligi ham bor) «olib ketişgan». Keyinroq Moskvadagi tergov izolyatoridan davlatga xiyonat qiliş moddasi böyiça qamalgan rassom Daniil Krinari Peterburgdagi izolyatorga olib ötilgani ma’lum böldi.
Reuters agentligi 31 iyul kuni Vladimir Kara-Murza Omskdagi IK-6 koloniyasidan olib ketilib, «boşqa joyga yönaltirilgani» haqida xabar berdi. Aynan qayergaligiga — aniqlik kiritilmagan.
Amerikalik Pol Uilanning advokati Olga Karlova ham 31 iyul kuni «Interfaks» bilan suhbatda unga jurnalistlardan Uilanning qayerda ekani borasida sörovlar kelayotganini ma’lum qilgan. Karlova koloniya ma’muriyatiga sörov yöllagani, ammo hozirça javob olmaganini bildirgan.
Bloomberg ma’lumotiga köra, Rossiyada josuslikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik reportyor Ivan Gerşkoviç va Pol Uilan Kaliningrad şahrida ğarbda qölga olingan rus josuslariga almaştirilgan.
Katta ehtimol bilan, rossiyalik siyosiy mahbuslar ham şu almaşuv doirasida qöyib yuborilmoqda.
Ilya Yaşin
2022 yil dekabrda Moskva Meşçan sudi muxolifatçi Ilya Yaşinni Rossiya armiyasi töğrisida «feyk» tarqatişda ayblab, 8,5 yil muddatga umumiy tartibli koloniyaga hukm qiladi.
Jinoiy iş oçilişiga Yaşin öşa yil 7 aprelida YouTube-kanalidagi jonli efirida Ukrainaning Buça şahrida tinç aholi vakillari öldirilgani haqida gapirgani sabab bölgandi.
Mavzuga oid
Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylarning Buçadagi jinoyatlari töğrisidagi xabarlarni «provokatsiya» deb atagan, köçalarda jasadlar yotgani aks etgan kadrlarni — «tomoşa qöyiş» deb baholagan. Prokuror ham sudda mazkur versiyani takrorlagan.
Muxolifatçi aybiga iqror bölmagan. U suddagi sönggi sözida Rossiya qöşinini Ukrainadan olib çiqişga çaqirgan.
Koloniyada ekanida Yaşin bir neça bor jarima izolyatoriga jönatilgan. Iyun oyi örtalaridan beri u bir kamerali tipdagi xonada (PKT) saqlanayotgandi.
Siyosatçining telegram-kanalida 30 iyul kuni Yaşinni u hukmdan keyin joylaştirilgan Smolensk oblastidagi 3-sonli koloniyadan olib ketişgani haqida xabar paydo böldi — bu haqda koloniyadagilar uning advokati Tatyana Solominaga ma’lum qilişgan.
2024 yil iyunda Yaşin «Dojd»ga bergan intervyusida agar almaşuv töğrisida taklif bölsa, uni rad etişini aytgandi. «Men rossiyaliklarning uruşga va diktaturaga qarşi ovozi böliş uçun Rossiyada qolaman. Va albatta, men uçun mamlakatim va xalqim bilan taqdirni baham köriş muhim. Rossiyalik siyosatçi quvonçli kunda ham, qayğuda ham Rossiya bilan bölişi kerak deb hisoblayman», — degandi öşanda Yaşin.
Vladimir Kara-Murza
«Dojd» telekanali Kara-Murza saqlanayotgan koloniyaga 30 va 31 iyul kunlari advokati qöyilmagani haqida yozgan. Kara-Murzaning advokati «Agenstvo»ga aytişiça, u seşanba kuni öz himoyasi ostidagi şaxsni körişga borgan, koloniyadagilar Kara-Murza bilan uçraşiş sörovi rad etilişini mahbusning tekşiruvda ekani bilan boğlagan. Unga keyingi kuni keliş taklif qilingan, ammo u keyingi kuni ham xuddi şunday sabab körsatilgan holda rad javobini olgan. Iyul oyi boşida Kara-Murzani qamoqxona şifoxonasiga ötkazişgan va öşanda ham oqlovçilarga u bilan körişişga ruxsat berilmagandi.
2023 yil aprelida Vladimir Kara-Murza «davlatga xiyonat», Rossiya armiyasi töğrisida «feyk» tarqatiş hamda «istalmagan» taşkilot faoliyatini yuritişda ayblanib, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Vladimir Kara-Murza 2022 yil aprelidan buyon Omsk şahridagi 7-sonli axloq tuzatiş koloniyasida hibsda edi, 2023 yil martida advokatlar unga polineyropatiya taşxisi qöyilgan. Rossiyada bunday kasallikka çalingan şaxslar hibsda saqlab turilişi mumkin emas.
Koloniyada siyosatçini jarima izolyatoriga taşlaşgan, iyun oyida esa bir kamerali tipidagi xonaga ötkazilgan. Kara-Murzaning advokatlari bu qaror uning salomatligi va hatto hayotiga xavf tuğdirişi mumkinligini qayd etişgandi.
Oleg Orlov
Joriy yil fevralida Moskvadagi Golovinskiy rayon sudi armiyani «obrösizlantiriş» işi böyiça yangi hukm çiqargan va Orlovni ikki yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etgandi. Orlov — «inoagent» deb topilgan va sud qarori bilan tugatilgan «Memorial» inson huquqlari markazi hamraisi edi. RF adliya vazirligi uning özini 2023 yil dekabrida «inoagentlar» röyxatiga kiritgandi.
Huquq faoliga qarşi iş uning «Ular faşizmni istaşgandi. Ular şunga ega bölişdi» sarlavhali uruşga qarşi maqolasi tufayli oçilgan. U mazkur maqolaning fransuz tilidan tarjimasini (Mediapart naşrida e’lon qilingan) feysbukdagi sahifasiga joylaştirgan.
«Rossiya faxriylari»dan bölgan «vatanparvarlar» uşbu post ustidan çaquv yozişgan. Bu u uçinçi bor armiyani «obrösizlantirişi» bölgan: bunday ilk huquqbuzarlik uçun ma’muriy iş oçiladi, keyingisi jinoiy işga aylanadi.
2023 yil oktyabrda birinçi sud ötkazilib, Orlovga 150 ming rubl miqdorida jarima qöllanadi. Ammo prokuratura apellyatsiya beradi. Işni takroriy körib çiqiş vaqtida xuddi şu moddada oğirlaştiruvçi holat aniqlanadi.
Kevin Lik
Ötgan yil oxirida Şimoliy Kavkazdagi Adigey respublikasi sudi 18 yoşli Kevin Likni «davlatga xiyonat» işi böyiça tört yilga ozodlikdan mahrum etgandi.
Ayblov versiyasiga köra, u 2021 yil 23 dekabrdan 2023 yil 8 fevralga qadar bölgan muddatda Maykopdagi Rossiya harbiy qismi «dislokatsiya joyi»ni «vizual kuzatgan» va fotosuratga olgan, keyin esa suratlarni elektron poçta orqali «xorijiy davlat vakili»ga yuborgan.
Maktab öquvçisi umumiy tartibli koloniyaga tört yilga hukm qilinadi — bu davlatga xiyonat moddasi böyiça közda tutilgan minimal muddatdan uç baravarga kam. Yengillaştiruvçi holatlar hisobga olingan holda unga şunday hukm çiqarilgan: jinoyat sodir etgan vaqtdagi yoşi, tergov bilan hamkorlik qilgani, aybini tan olgani va «turli olimpiadalarda köplab ğalabalarga erişgani».
Kevin Lik Germaniyada tuğilgan va ikki mamlakat fuqaroligiga ega bölgan. U 12 yoşida onasi bilan Adigey markazi Maykop şahriga köçib kelgan. Kevinning onasi Viktoriya «Bereg» naşriga bergan intervyusida oila Rossiya fuqaroligidan voz keçişni öylamayotgani, çunki mahkumlarda bunday huquq yöqligini aytgan.
Liliya Çanişeva
«Ekstremizmga çaqiriq» va «ekstremistik jamiyat yaratiş» ayblari bilan töqqiz yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Aleksey Navalniyning Ufadagi ştabi sobiq rahbari Liliya Çanişeva yöqolib qolgani haqida 28 iyul kuni uning turmuş örtoği Almaz Gatin xabar bergan. U Liliya saqlanayotgan Perm oblasti Berezniki şahridagi 28-sonli axloq tuzatiş koloniyasiga uçraşuvga borgan, ammo u yerdagilar ayol ikki kun muqaddam, 26 iyul kuni «muassasadan olib ketilgani»ni bildirişgan. Şundan keyin uning daragi çiqmagan.
Liliya Çanişeva 2021 yil noyabridan buyon hibsda edi. U 2021 yil sentabrida Navalniy va uning tarafdorlariga qarşi qözğatilgan «ekstremistik jamiyat» tuziş böyiça işda birinçi bölib qölga olingan edi. 2024 yil mayida — Boşqirdiston oliy sudi Çanişevaning qamoq muddatini yetti yarim yildan töqqiz yarim yilga oşirganidan keyin — RT propagandaçi kanali u Rossiya prezidenti nomiga afv etiş töğrisida ariza yozgani haqida xabar tarqatadi. Jurnalistlar bilan suhbatda Çanişevaning advokati Ramil Gizatullin bu mavzuda muhokama bölganini tasdiqlagan.
Çanişeva qölga olinganida uning hamkasbi, Navalniyning hududiy ştab-kvartiralar tarmoği sobiq rahbari Leonid Volkov feysbukdagi sahifasida Çanişeva muxolifatçilar ştabiga işga kelişi tarixini yozgandi.
«U Deloitte kompaniyasida auditor bölib işlagan, ajoyib maoş, kvartira, maşina, barçasi joyida. Liliya işdan ketib, uç baravar kamroq maoşga rozi böladi (biz şunçaki bundan ortiğini tölay olmasdik). Maxsus qamoqxonalar va hujumlar, öta qiyin mintaqada hududiy siyosiy aktivistning maşaqqatli işiga rozi bölgandi», — deya yozgandi Volkov.
Kseniya Fadeyeva
Ötgan yil oxirida Tomskdagi sud Aleksey Navalniyning hududiy ştabi sobiq boşliği Kseniya Fadeyevani «öz mansab vakolatidan foydalangan holda ekstremistik jamiyat taşkil etiş» va «fuqarolarning şaxsi va huquqlarini kamsituvçi notijoriy taşkilot faoliyatida iştirok etiş»da ayblab, töqqiz yilga qamagandi.
Tomsk şahri dumasi sobiq deputati bölgan Kseniya Fadeyeva — iyul oyi boşida Novosibirskdagi 9-sonli axloq tuzatiş koloniyasiga olib ketilgan. Ammo 29 iyul kuni koloniya ma’muriyati Fadeyevaning advokatiga u qayergadir «olib ketilgani»ni ma’lum qilgan. Koloniyadagilar oqlovçining keyingi savollariga javob berişmagan. Hozirça uning qayerdaligi noma’lumligiça qolmoqda.
Saşa Skoçilenko
2023 yil noyabrida Peterburg sudi rassom Saşa Skoçilenkoni Rossiya armiyasi töğrisida «feyk» tarqatişda ayblab, yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etgandi.
Skoçilenko 28 iyul kuni «Arsenalka» izolyatoridan olib ketilgan. Bir kun ötib bu haqda uni qöllab-quvvatlaş guruhi xabar bergan. Izolyatorda Skoçilenkoning döstlariga uni Moskvaga olib ketişganini aytişgan. Rassomga bir neça kasalliklarga çaliniş taşxisi qöyilgandi: bipolyar affektiv buziliş, tseliakiya va yurak yetişmovçiligi. U özi bilan zarur dori-darmonlarni olib ketişga muvaffaq bölgani haqida aniq ma’lumot yöq.
Skoçilenko uruşga qarşi aksiyalari uçun ta’qib ostiga olingandi: 2022 yil aprelida rassom dökondagi narxlar yozilgan qoğozlarni Ukrainadagi uruş qurbonlari soni haqidagi ma’lumotlar va rus qöşini bosqinini töxtatişga çaqiruvçi stikerlar bilan almaştirib qöygandi.
Daniil Krinari
2024 yil aprelda Moskva şahar sudi peterburglik rassom va aktivist Daniil Krinarini beş yilga ozodlikdan mahrum etgandi. 2022 yil sentabrda Krinari va Sankt-Peterburgdagi boşqa faollarnikida terakt töğrisida yolğon ma’lumot beriş haqidagi jinoiy iş böyiça tintuv ötkaziladi. «OVD-Info» saytiga köra, Krinari gumonlanuvçi sifatida qöyib yuborladi, şundan keyin u Belarusga ketadi.
2022 yil dekabrda Krinari Grodnoda qölga olinadi, keyin esa FXX sörovi bilan Moskvaga topşiriladi. 2023 yil aprelida Belarusdagi davlat naşrlari Krinari portlaşga tayyorgarlik körişda ayblanuvçilarga Grodnoga yetib olişda yordam körsatganini yozişadi.
2024 yilda Daniil Krinari xorijiy davlat bilan maxfiy hamkorlik moddasi (JK 275.1-moddasi) böyiça aybdor deb topiladi. Tergov versiyasiga köra, u Ukraina maxsus xizmatlari bilan muloqot qilgan. Krinari öz aybiga iqror bölmagan.