Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 16 sentabr kuni «ekstremistik jinoyatlari» uçun sudlangan 37 nafar siyosiy mahbusni afv etiş böyiça qarorni imzoladi. Ularning olti nafari — ayollar, şuningdek, afv etilganlar orasida nogironligi mavjud şaxslar va pensionerlar ham bor.
Afv etilganlar röyxati e’lon qilinmadi. Ta’kidlanişiça, ularning barçasi «qilmişidan puşaymon bölib, ozodlikka qaytiş imkoniyati berilişini söragan».
Bu Lukaşenko tomonidan oxirgi bir neça hafta içida afv etişga oid uçinçi qarorning qabul qilinişidir: 16 avgust kuni mamlakat qamoqxonalarida hibsga saqlanib kelingan 30 nafar siyosiy mahbus ozod etilgandi. 4 sentabrda ham Belarus yetakçisi yana 30 mahbusni afv etgan edi.
Huquq himoyaçilari, ğarb diplomatlari, şuningdek, Belarus muxolifati bu kabi aksiyalar Lukaşenko rejimining mohiyatini özgartirmasligini ta’kidlamoqda — 1,4 mingga yaqin odam qamoqda qolyapti. Eng maşhur siyosiy mahbuslar orasida Mariya Kolesnikova ham bor bölib, uning yaqinlari Mariya koloniyada öldirib yuborilişidan xavotirda: ayni vaqtda böyining balandligi 175 santimetrga yetadigan Kolesnikovaning vazni 45 kilogrammga tuşib ketgan, u oşqozonidagi yara sabab qamoqxona ovqatini yeya olmaydi. Bundan taşqari, uzoq muddatga qamalgan siyosiy mahbuslar orasida huquq himoyaçisi va tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Ales Belyatskiy, şuningdek, Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskayaning turmuş örtoği Sergey Tixanovskiy ham bor.
Belarusda 2020 yil 9 avgustda ötkazilgan prezidentlik saylovlaridan keyin ommaviy norozilik namoyişlari boşlangan edi. Aksiya iştirokçilari yangi, halol saylovlar ötkazilişini va siyosiy mahbuslar ozod etilişini talab qilgandi. Kuçişlatar tuzilmalar vakillari namoyişlarni tarqatişda fuqarolariga nisbatan şafqatsizlarça munosabatda bölgan. Aksiyaning dastlabki kunidayoq qariyb 7 ming kişi uşlangan, kamida ikki kişi halok bölgan edi.

















