O‘zbekiston | 10:26 / 01.08.2024
4543
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish boshlandi

1 avgustdan turar joyga ehtiyoji bor talabalar arizalarni my.gov.uz sayti orqali yuborishlari mumkin.

Bugun, 1 avgustdan talabalar turar joylari uchun onlayn ariza berish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali jo‘natishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-kurs talabalari uchun 55 – 65 foiz;
  • 2-kurs talabalari uchun 15 – 20 foiz;
  • 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 – 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. 2024/2025 o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Mavzuga oid