2024/2025 öquv yilida maktablarda öquvçilar uçun majburiy forma joriy etilmaydi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi boşqarma boşliği Azamat Kamolov ma’lumot berdi.

«Har yili har bir maktab tomonidan öz nizomi böyiça belgilangan forma tanlab olinadi. Hozirga qadar öquvçilar bir xil forma kiysin, degan qattiq talab qöyilmadi. Demak, bu yili ham maktablarda majburiy forma joriy etilmaydi», dedi u.

Qayd qilinişiça, «Umumiy örta ta’lim muassasasining takomillaştirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»ga muvofiq, öquvçilarning ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan öğil bolalar kalta şim, futbolka, şippakda va qizlar tor va tanani oçiq körsatuvçi yupqa, harir kiyimlarda kelişi hamda böyni va barmoqlariga turli taqinçoqlar taqişi man etiladi.

Ta’kidlanişiça, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan olib borilgan örganişlar va tahlil natijalariga köra, yagona maktab formasi maktab öquvçilari (ularning ota-onalari) örtasida kiyiniş böyiça raqobatni çeklaydi, turli xil ijtimoiy-iqtisodiy toifadagi oilalar farzandlari orasida tabaqalanişning vizual farqini keskin kamaytiradi.

2018 yilda hukumat tomonidan yagona maktab formalari namunalari tasdiqlandi. 2018/2019 öquv yilidan boşlab öquvçilar uni ixtiyoriy tartibda kiyişga haqli ekani belgilandi. Maktab formalari majburiy böladigan sana 2019/2020 öquv yilidan 2024/2025 öquv yiliga – 5 yilga keçiktirildi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga tegişli tuzatişlar kiritildi. Unda yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilab qöyilgan.