Isroil qança öldirmasin, Falastin xalqining inqilobini töxtata olmaydi. Liderlarning har bir öldirilişi Falastin xalqi va islom olami uçun yangi inqilobga sabab böladi. Bu haqda Tehrondagi suiqasd çoğida halok bölgan Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning tönğiç öğli Abdusalom Haniya «Anadolu» bilan suhbatida aytib ötdi.

«Bizning köz yoşlarimiz qurbonlar oilasining köz yoşlaridan ustun bölmaganidek, otamning qoni ham bolalarning yoki Ğazo aholisining qonidan ustunroq emas», - dedi u.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlardagi postida Abdusalom Haniya «uning (Ismoil Haniya) merosi milliy birlik, Ğazo sektoriga hujumlar töxtatilişi va xalqimizning ğalabasi edi», deb yozdi.

«Uning qoni xalqimizning qonidan, qurbon bölgan öğli uçun tökilgan onaning köz yoşlaridan ustunroq emas. Otam bolaligidan keça-yu kunduz qarşilik, inqilob va kuraş yölini bosib ötgan», — dedi HAMAS yetakçisining öğli.

Abdusalom Haniya otasi bir neça bor suiqasdga uçraganini, umrini qarşilikni tarğib qiliş bilan ötkazganini esladi.

«Haniyaning öğillari va nabiralari 7 oktyabr kuni Isroilning burnini yerga qaratdi, Haniya xalqi esa tarixdagi eng katta qirğinga doş berdi», - deya ta’kidladi u.

Tehronda HAMAS yetakçisining öldirilişi

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronga kelgandi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyuştirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berişdan özini tiyib turibdi.

Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Maşal örnini egalladi.