Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya 31 iyulga ötar keçasi Tehrondagi mehmon uylaridan biriga örnatilgan bomba harakatga keltirilişi oqibatida halok bölgan. Bu haqda The New York Times Yaqin Şarqdagi köplab manbalar, şuningdek eronlik ikki mulozim va bir amerikalik suhbatdoşga tayanib xabar tarqatdi. Bungaça OAVda Haniyaning ölimiga raketa zarbasi sabab bölgani aytilayotgandi.
Gazeta manbalarining sözlariga köra, bomba taxminan ikki oy muqaddam mehmon uyiga joylaştirilgandi. Bu Tehronning nufuzli joyida joylaşgan va Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan qöriqlanadigan «Neşat» kompleksi hududidagi uy bölgan.
The New York Times naşrining beş suhbatdoşiga köra, Haniya mehmonxonadagi xonasida ekani haqidagi ma’lumot tasdiqlanişi bilan bomba masofadan harakatga keltirilgan. Hamas yetakçisi Eron poytaxtiga mamlakatning yangi prezidenti Ma’sud Pezeşkiyonning inauguratsiya marosimi munosabati bilan kelgandi. Portlaş oqibatida Haniyaning tansoqçisi ham halok bölgan. Bino portlaş tufayli qisman qulab tuşgan.
Naşrning qayd etişiça, Haniya oldin ham uşbu mehmon uyiga kelib turgan.
Hamas Haniyaning ölimi uçun javobgarlikni Isroil zimmasiga yuklagan. Isroil guruh yetakçilaridan birining öldirilişiga aloqadorligini rasman tan olmagan, ammo, Yaqinn Şarqdagi mulozimlarga köra, Isroil razvedkasi xodimlari AQŞ va Ğarbdagi boşqa mamlakatlarni Haniyaning ölimi töğrisida xabardor qilgan. AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Vaşington Haniyaning ölimiga aloqadormasligini va uning öldirilişi rejasidan xabardor bölmaganini bildirgan
Haniya raketa zarbasi orqali öldirilgani töğrisidagi xabarlardan Isroil Tehronga zarba beriş uçun eronliklar havo hujumidan mudofaa tizimidan qanday ötgani borasida savollar tuğilgandi, deya qayd etadi The New York Times. Ammo Hamas yetakçisining qotilligini uyuştirganlar «qattiq qöriqlanadigan kompleks xavfsizlik tizimidagi muammolardan foydalanişga muvaffaq bölgan va bu ularga u yerga bomba joylaştirib, uni köp haftalar mobaynida yaşirib turiş imkonini bergan». Gazeta bilan gaplaşgan eronlik mulozimlar buni Eron razvedkasining «halokatli muvaffaqiyatsizligi» va Islom inqilobi muhofizlari korpusi uçun «ulkan şarmandalik» deb atagan, korpus mazkur kompleksdan maxfiy uçraşuvlar ötkaziş va muhim mehmonlarni joylaştiriş uçun foydalanib kelgan.
Mehmon uyiga bombani yaşirişning qanday qilib uddasidan çiqilgani mavhum bölib qolmoqda, deya qayd etadi The New York Times. Gazetaning Yaqin Şarqdagi manbalariga köra, suiqasdni rejalaştiriş bir neça oy davom etgan va majmuani sinçiklab kuzatiş talab etilgan.
Hamasning Haniyaning ölimi haqidagi bayonotida u isroilliklarning uning Eron poytaxtidagi qarorgohiga hujumi oqibatida halok bölgani aytilgan. Al Mayadeen telekanali Haniya joylaşgan uyga boşqa davlat hududidan turib raketa zarbasi berilgani haqida xabar bergan. Erondagi Tasnim agentligiga köra, Haniya tunda «havodan kelgan snaryad» oqibatida halok bölgan.












