–100 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Muzaffarbek Töraboyev bronza medalini qölga kiritdi.
U uçinçi örin uçun keçgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Şerazadişvilini ippon bahosi bilan mağlubiyatga uçratdi.

Bu Töraboyev va Şerazadişvili örtasida uçinçi töqnaşuv böldi. Oldingi bahslar 2022 va 2024 yillardagi Parij «Katta dubulğa» turnirlarida ötkazilgan va tomonlar bittadan ğalabaga ega edi. Endi esa Özbekiston vakili özaro hisobda oldinga çiqib oldi – 2:1.

Töraboyev olimpiyadagi debyutida qozoğistonlik Nurlixan Şarxandan ustun kelgan, keyin çorakfinalda niderlandiyalik Mixail Korrelni mağlub etgandi.
Ammo yarimfinalda jahon va Yevropa çempioni ozarboyjonlik Zelim Kotsoyevga qarşi tatamiga çiqib, imkoniyatni boy berib qöygandi.
Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi jamğargan medallar 2 taga yetdi – 1 ta oltin va 1 ta bronza.



















