Kun hali ertaligiga qaramay havo allaqaçon isib ketgandi. Çiyeko Kiriake peşonasidagi terni artganda yuziga soya tuşdi. Közni qamaştiradigan nurni 15 yoşli qiz ilgari heç qaçon körmagandi. 1945 yil 6 avgust, soat 08:15 edi. "Men quyoş botdi deb öyladim va boşim aylanib ketdi", deb eslaydi u.

AQŞ Kiriakening ona şahri Hiroşimaga atom bombasini taşladi va bu tarixda uruşda işlatilgan ilk atom bombasi böldi.

Yevropada Germaniya taslim bölgan bir paytda, Ikkinçi jahon uruşida jang qilgan Ittifoq kuçlari hali ham Yaponiya bilan uruşayotgan edi.

Tiyeko talaba edi, lekin köplab katta öquvçilar singari, uruş paytida fabrikalarga işlaşga yuborilgandi. U yarador döstini opiçlab kötarib, gandiraklab maktabiga bordi. Köpgina talabalar qattiq kuyişgandi. Çiyeko uy xöjaligi sinfidagi eski moyni ularning yaralariga surtdi.

“Bu biz ularga qilişimiz mumkin bölgan yagona muolaja edi. Yaralanganlar birin-ketin vafot etdi”, - deydi Çiyeko.

“Öqituvçilarimiz omon qolgan yuqori sinf öquvçilarga öyin maydonçasida çuqur qazişni buyurdi va men öz qöllarim bilan sinfdoşlarimni kuydirdim (krematsiya qildim). Şu onda ularni öylab dahşatni his qildim”.

Çiyeko hozir 94 yoşda. Hirosima va Nagasakiga atom bombalari taşlanganiga qariyb 80 yil böldi va omon qolganlar Yaponiyada hibakuşa deb ataladi. Ular hikoyalarini aytib berişi uçun esa vaqt tugab boryapti.

Yadroviy hujumdan keyin köpçilik soğliği bilan boğliq muammolar bilan yaşagan, yaqinlarini yöqotgan va diskriminatsiyaga uçragan.

Çiyeko Kiriake - atom bombasi hujumidan oldin va hozir

"Odamlar 75 yil davomida bu yerda öt-ölan ösmaydi deb aytişgandi, lekin keyingi bahorda çumçuqlar qaytib keldi”,- deydi Çiyeko.

Çiyekoning sözlariga köra, u umri davomida köp marta ölim bilan yuzlaşgan, ammo qandaydir buyuk kuç özini asraşiga işongan.

Bugungi kunda tirik qolgan hibakuşalarning aksariyati portlaşlar paytida bola bölgan. Hibakuşa - sözma-söz "bombadan zarar körgan odamlar" deb tarjima qilinadi. Ular keksaygani sari, dunyoda mojarolar kuçayib bordi. Hibakuşalar hozir yadro xavfini har qaçongidan ham realroq deb hisoblaydi.

86 yoşli Miçiko Kodama Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va Isroilning Ğazoga qarşi uruşi kabi bugungi kunda dunyoda keçayotgan mojarolar haqida öylar ekan, "Tanam titrayapti, köz yoşlarim tökilyapti. Biz atom bombasidek dözaxning takrorlanişiga yöl qöymasligimiz kerak. Men inqirozni his qilyapman", - deydi.