Özbekiston dzyudo jamoasining +100 kg vazn toifasidagi vakili Alişer Yusupov Parij olimpiadasida bronza medal uçun tatamiga çiqdi.
U uşbu vazn toifasi favoritlaridan bölgan yaponiyalik Tatsuru Saitoni ippon bahosi bilan mağlub etib, bronza medalni qölga kiritdi.
Yusupov turnirdagi iştirokini nimçorakfinalda slovakiyalik Marius Fizel ustidan ğalaba qozoniş bilan boşlagandi. Ammo çorakfinalda tojikistonlik Timur Rahimov bilan bellaşuvda ortiqça şido tufayli mağlub böldi hamda bronza uçun ötiş bahslarida qatnaşadigan böldi.
Öz navbatida, bu bosqiçda unga raqiblik qilişi kerak bölgan gurjistonlik Guram Tuşişvili diskvalifikatsiyaga uçragani tufayli, Yusupov avtomatik ravişda bronza uçun bahsga ötgandi.
Uning medali Özbekiston dzyudoçilari jamoasining Parijdagi turnirda qölga kirigan uçinçi medali böldi. Bungaça Diyora Keldiyorova öz vazn toifasida çempion bölgan, Muzaffarbek Töraboyev esa bronzaga ega çiqqandi. E’tiborli jihati, dzyudoçilar şu vaqtgaça olimpiadalarda biror marta uçta medal olişmagandi.
Ma’lumot uçun, 25 yoşli dzyudoçi sönggi ikki jahon çempionatida 3-örnini egallagandi.


















