Standard & Poor's (S&P) xalqaro reyting agentligi 2 avgust, juma kuni Ukrainaning kredit reytingini «tanlangan defolt» SD – defoltdan oldingi darajaga tuşirdi. Bunga sabab mamlakat joriy haftada xalqaro obligatsiyalar tölovini ötkazib yuborgani böldi, deya xabar beradi agentlik öz saytida. S&P ma’lumotlariga köra, 34 million dollarlik tölov hali ham imtiyozli davrda, ammo yaqin orada tölanişi dargumon.

«Ukraina özining ba’zi yevrobondlari restrukturizatsiyasini ayirboşlaş taklifi orqali boşlaş niyatida ekanini tuşunamiz. Şuningdek, hukumat ta’sir körsatgan obligatsiyalar böyiça tölovlarni restrukturizatsiya boşlangunga qadar töxtatib turişga qaror qilganini ham bilamiz. Şu munosabat bilan hukumat 2024 yil 1 avgustda 2026 yilgi yevrobond böyiça kupon daromadini tölamadi, biz tölov şartnomada körsatilgan 10 iş kunlik imtiyozli davrda amalga oşirilişini kutmayapmiz», deyiladi Standard & Poor's xabarida.

Şu munosabat bilan Ukrainaning uzoq muddatli va qisqa muddatli xorijiy valutadagi (FC) reytinglari CC/C'dan SD/SD (tanlangan defolt) ga, 2026 yilgi yevrobondlar emissiyasi reytinglari esa CC'dan D (defolt) darajasiga tuşirildi. «Şuningdek, biz Ukrainaning çet el valutasidagi qolgan yuqori ta’minlanmagan qarz majburiyatlari böyiça CC reytingimizni tasdiqladik», — deya aniqlik kiritdi agentlik.

Ukraina 1 avgustdan taşqi qarzlar böyiça tölovlarni vaqtinça töxtatdi

Ukraina 1 avgust, payşanbadan taşqi qarzlar böyiça tölovlarni vaqtinça töxtatdi, deb xabar bermoqda Reuters. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy bunday tölovlarni 2024 yil 1 oktyabrgaça töxtatib turiş imkonini beruvçi tegişli qonunni imzolagan edi. Qarzlar böyiça birinçi tölov ham 1 avgustda tölanişi kerak edi.

Oliy rada budjet qömitasi rahbari Roksolana Pidlasning sözlariga köra, prezident tomonidan imzolangan qonun loyihasi «restrukturizatsiyaning muhim elementi bölib, 2027 yil oxirigaça suveren yevrobondlarga xizmat körsatiş va tölaş uçun tölovlardan 10 milliard dollardan ortiq mablağni tejaş imkonini beradi». Şu bilan birga, uning ta’kidlaşiça, Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) «muntazam ravişda uşbu qonun loyihasini qöllab-quvvatlagan». 

22 iyul, duşanba kuni Ukraina boş vaziri Denis Şmixal mamlakat Ukrainaning yevroobligatsiyalar egalari qömitasi bilan taşqi qarz bir qismini restrukturizatsiya qiliş böyiça «prinsipial kelişuvlarga» erişganini aytdi. Uning sözlariga köra, bu qadam mamlakatga uni saqlaş uçun uç yil davomida 11,4 milliard AQŞ dollarini, 2033 yilgaça esa 22,75 milliard dollarni tejaş imkonini beradi. Böşatilgan resurslar, xususan, mudofaa, ijtimoiy himoya va Ukrainani qayta tiklaşga yönaltiriladi, dedi Şmixal.