HAMAS taşqi siyosati rahbari Xolid Maşal HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning dafn marosimida «muzokaralar olib borilmaydi, yon bosilmaydi va Isroil tan olinmaydi», dedi. 

Maşal Qatar poytaxti Dohada imom Muhammad bin Abdulvahhob masjidida uyuştirilgan dafn marosimida nutq sözladi. 

Unga köra, Haniya Ğazo şahridagi Şati qoçqinlar lagerida öz xalqi orasida yaşab, xalqining dardi va quvonçiga şerik bölgan. «Aziz birodarimiz, yölboşçimiz, qömondonimiz Abu al-Abd Ismoil Abdussalom Haniya yetakçi bölib yaşab, yetakçi bölib ölimga duç keldi», dedi Maşal. 

Öldirilgan Haniyaning Falastin, öz xalqi va Quddusga haqiqiy yetakçi sifatida xizmat qilganini ta’kidlagan Maşal şunday qöşimça qildi: «Haniya boş vazir vazifasini bajardi. U boşidanoq xalqi orasida edi». 

Haniya ketdi, uning örnini boşqalar egallaydi 

Maşal: «Isroil sodir bölgan voqeadan heç qanday saboq olmadi. Ular bir asr davomida bizning rahbarlarimizni öldirişdi. Haniya ketdi, uning örnini boşqalar egallaydi, şuning uçun xalqimiz ozodlik yölida davom etadi», deya ma’lum qildi.

Bu Falastin xalqini faqat kuçaytirib borayotganini iddao qilgan Maşal şunday davom etdi: «Ular bilişlari kerak, biz hammamiz bunga tayyormiz. Biz kuraşimizni davom ettiramiz».