Partiya Toşkent şahar hokimining poytaxtdagi Mirzo-Uluğbek (26,71 ga), Sergeli (35,15 ga), Şayxontoxur (36,82 ga), Çilonzor (5,02 ga), Yaşnobod (54,67), Yakkasaroy (13,03 ga) tumanlarida renovatsiya hududlarining çegarasini belgilaş hamda uşbu hududda loyihalarni amalga oşiriş töğrisida e’lon qilingan qarori yuzasidan öz munosabatini bildirdi. Munosabatda aytilişiça, renovatsiya dasturlarini amalga oşiriş avariya holatidagi qöp qavatli turar joylarni yangilaşda muhim örin tutadi bu dasturlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli bölgan yakka tartibdagi turar joylar hamda noturar joylar daxlsizligiga raxna solmasligi şart.

“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 martdagi 149-sonli qarori bilan belgilangan renovatsiya qoidalari mazmun jihatidan köp qavatli turar joylarda renovatsiyani amalga oşiriş tartibini belgilab beradi.

Biroq, bu tartibni fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli yakka tartibdagi turar joylar hamda köp qavatli turar joylardan alohida noturar joylarga tatbiq etiş maqsadga muvofiq emas. Çunki, amaldagi qonunlarimizda bu borada mulkdorlar huquqlarini kafolatlaş böyiça aniq mexanizmlar nazarda tutilgan. Bu, avvalo,buzilişi belgilangan mol-mulk egasining roziligini oliş, mol-mulkning bozor qiymati va yetkazilgan zarar örnini oldindan kompensatsiya qiliş talabi bilan boğliqdir.

Qolaversa, yakka tartibdagi turar va noturar joylar yerlari xususiylaştirilgan bölsa, Yer kodeksi hamda“Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi qonunga muvofiq ular tegişli yer uçastkalari bilan birga qayta sotib olingan taqdirdagina renovatsiya qilinişi mumkin” deyiladi partiya xabarida.

Şuningdek, renovatsiya loyihalarini amalga oşirişda şoşmaşoşarlikka yöl qöymaslik va bu borada tegişli qonun qabul qilingandan söng amaliy işlar qiliş mumkinligi ta’kidlangan.

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Matbuot xizmati