Eron Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya öldirilişi ortidan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik kengaşining (BMT XK) favqulodda yiğilişini çaqirdi va Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) yiğilişini talab qildi.

Tehron Turkiya bilan Falastin masalasida maslahatlaşuvlar olib bormoqda, dedi Eron rasmiysi. U Turkiya davlati va xalqiga Falastinni kuçli qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildirdi.

Musulmon davlatlarining birligi va hamjihatligi davlat terrorizmi va Isroilning qotilliklari oldini olişi mumkin, ammo bu birlik va kuç hali kerakli darajada namoyon bölmadi, dedi rasmiy.

Eron vakili mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzişga urinişlarga javoban himoyalaniş huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.

«Musulmon davlatlari va xalqaro taşkilotlarning Falastin xalqi huquqlarini poymol qilayotgan okkupatsion rejimga qarşi birlaşişlarini, ularning huquqlarini himoya qiliş uçun barça çoralarni körişlarini kutamiz. Köp sohalarda sanksiyalar joriy etilişini kutamiz», — dedi rasmiy.

Agar Isroilning xatti-harakatlari töğri qoralanmasa, Eron BMT Nizomi 51-moddasida körsatilgan özini-özi himoya qiliş huquqidan foydalanadi va tiyib turiş çoralarini köradi, deya ogohlantirdi u.

Agar xalqaro hamjamiyat Isroilning Damaşqdagi Eron elçixonasiga hujumiga kerakli javobni berganida edi, bugun Isroil boşqa davlat hududiga yoki bu davlatning rasmiy mehmoniga hujum qilişga jur’at eta olmasdi, deydi rasmiy.

Tehronda HAMAS yetakçisining öldirilişi

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pizişkiyon inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronga kelgandi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.