“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda 5 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudidan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Saidaliyev tovlamaçilik, firibgarlik, jinoiy uyuşma taşkil etiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, bezorilik, pora berişda iştirok etiş jinoyatlari sodir qilgan deb topildi.

U jazoni umumiy koloniyada ötaşi belgilandi.

Sud majlisida yana 28 kişiga nisbatan hukm öqilmoqda. Kun.uz bu haqda tez orada xabar beradi.

Iş sudya Murod Mirzajonov raisligida körib çiqildi. / Foto: Oliy sud

Saidaziz Saidaliyev qölga olingani haqida poytaxt IIBB 2023 yil 2 dekabr kuni ma’lum qilgandi.

Ayblovga köra, 37 yoşli Saidaliyev sport bilan şuğullangan jismonan baquvvat şaxslarni öz atrofiga töplab, qator jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boşqa muammolari bölgan şaxslarning muammolarini qonunni çetlab ötgan holda hal qilib beriş evaziga moddiy jihatdan manfaatdor böliş, tahdidlar yöli bilan pul mablağlarini noqonuniy qölga kiritiş, bezorilik va tamagirlik holatlari şular jumlasidan.

Ötgan yili noyabr-dekabr oylarida “köça olami” vakillari ekani aytiladigan boşqa qator şaxslar ham uşlandi. Iyul oyida “Baxti Taşkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.