Saidahmadxon Mahmudxöjayev va yana 8 kişiga nisbatan sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, sudlanganlar asosan tovlamaçilik, bosqinçilik, zörlik işlatib, ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş, giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlarni sodir qilişgan.

Jumladan, Saidahmadxon Mahmudxöjayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (köp miqdorda tovlamaçilik), 229-moddasi (özboşimçalik) va 276-moddasi 2-qismi “a” bandida (köp miqdorda giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, egallaş, taşiş yoki jönatiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Sud hukmiga köra, qolgan sudlanuvçilarga quyidagiça jazo tayinlangan:

  • Umarov Avaz Rahimoviç – (1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida (tayyorgarlik körilayotgan yoki sodir etilgan oğir yoki öta oğir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan;
  • Umarov Oybek Avaz öğli – (1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan;
  • Abdullayev Ahror Ravşan öğli – (1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan;
  • Umarov Dilmurod Rustamoviç – (1989 yilda Toşkent şahrida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 3 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan;
  • Salimbekov Azamat Avazjonoviç – (1988 yilda Toşkent şahrida tuğilgan)