5 avgust kuni Şavkat Mirziyoyev raqobatni rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar taqdimoti bilan tanişdi.
Yiğilişda qayd qilinişiça, «Raqobat töğrisida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinişi Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga qöşimça ta’sirçan vakolatlarni bergan. Şu asosida olib borilgan örganişlarga köra, ayrim taşkilotlarda raqobatga zid qarorlar qabul qiliş, töğridan-töğri şartnomalar tuziş, savdoda ustun mavqedan foydalaniş kabi holatlar borligi aniqlangan.
Şu bois, sohadagi işlar qamrovi va samaradorligini oşiriş maqsadida Raqobatni rivojlantiriş konsepsiyasi işlab çiqildi. Unda iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş, bozorga kirişni erkinlaştiriş, tadbirkorlarga teng şaroitlar yaratiş böyiça navbatdagi qadamlar belgilanadi.

Masalan, tadbirkorlik sub’yektlarining bozorlarga erkin kirişini qiyinlaştiruvçi normativ-huquqiy moddalar va ortiqça talablar bekor qilinadi. Tartibga soliş yukini qisqartirişga qaratilgan yengilliklar joriy etiladi, jumladan, ruxsat beruvçi jarayonlar va litsenziyalar javobgarlikni majburiy suğurtalaş bilan almaştiriladi.
Tabiiy monopoliya sohalarida mustaqil bozor regulyatorlari joriy etiladi. Tabiiy monopoliya sohalari bilan özaro boğlangan va raqobatni rivojlantiriş imkoniyati bölgan tovar bozorlarida tabiiy monopoliya sub’yektlari iştiroki çeklanadi.
Töğridan-töğri amalga oşiriladigan davlat xaridlari kölami qisqartirilib, davlat xaridlari raqobatli usullarga töliq ötkaziladi. Raqobatni çeklovçi individual xususiyatga ega davlat yordami, şu jumladan, eksklyuziv huquq, imtiyoz, preferensiya va yengilliklar bekor qilinadi.
Davlat organlari axborot tizimlarini özaro integratsiya qiliş orqali ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari şakllanişi zanjirining barça böğinlarini raqamli monitoring qiliş yölga qöyiladi. Raqobatga qarşi kelişuv va xatti-harakatlar, til biriktiriş holatlari haqida ma’lumot taqdim etgan şaxslarni oşkor etmaslik va mukofotlaş tizimi joriy etiladi.
Energetika, neft-gaz, suv xöjaligi, yöl qurilişi, temir yöl va aeroport xizmatlari kabi qator sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqiçma-bosqiç tugatiş çoralari köriladi.

















