Apple kompaniyasi bolalar uçun möljallangan smart (aqlli) soat çiqarişni rejalaştirgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Naşr şarhlovçisi Mark Gurman sözlariga köra, kompaniya özining eng hamyonbop aqlli soati Apple Watch SE pozitsiyasini özgartiriş niyatida. Uning fikriça, qurilmaning uçinçi avlodi korpusi metall emas, balki plastmassa böladi. Kompaniya şuningdek, qurilmani bolalar uçun aqlli soat sifatida reklama qiladi.
Materialda aytilişiça, plastmassa köplab Apple soatlarida işlatiladigan alyuminiyga qaraganda yemirilişga kamroq moyil. Şuningdek, yangi auditoriyani jalb qiliş uçun gadjet korpusi yorqin ranglarga böyaladi.
Mark Gurmanning ta’kidlaşiça, yangi materiallar va pozitsiyaning özgarişi Apple Watch SE narxini 200 dollarga yoki taxminan 2,5 mln sömga pasaytiradi. Apple Watch SE smartfonga ulangan holda işlaydi, lekin bolalar versiyasini ota-onaning smartfoni yordamida sozlaş mumkin.
Apple Watch SE birinçi avlodi 2020 yilda taqdim etilgan. Qurilma Apple Watch flagmaniga qaraganda kuçsizroq çipga ega böldi va ba’zi funksiyalarini yöqotdi.












