Namanganda fuqaroning 92 mln söm pullarini özlaştirgan firibgar treyderning qilmişlariga çek qöyildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Namangan viloyatida yaşovçi Ş.G. ariza bilan murojaat qilib, özining bank kartasidagi 92 mln söm pul noma’lum şaxs tomonidan özlaştirib olinganini bildirgan. Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yaşovçi, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan R.N. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergovga jalb etilgan R.N. jabrlanuvçi ayol Ş.G. bilan Telegram orqali yozişgan hamda unga özini treyderlik faoliyati bilan şuğullanişini aytib, pullarini birja orqali köpaytirib berişini va’da qilgan. Şu tariqa u aldov yöli bilan jabrlanuvçining 92 mln söm miqdordagi pulini ötkazib olişga erişib, bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Telegram orqali soxta havola jönatib, özganing 27 mln söm pulini özlaştirgan şaxs uşlangani xabar qilingandi.










