Parij-2024 boks bahslarida qirğizistonlik boksçi Munarbek Seyitbek uulu mamlakat boksi tarixida ilk bor Olimpiada yarimfinaliga yöllanma olgaç, ijtimoiy tarmoqlarda qirğizistonliklar özbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga minnatdorçilik bildirmoqda.
Gap şundaki, Munarbekning murabbiyi Beganas Sultanbayev viza va akkreditatsiya ololmagani sababli Fransiyadagi yirik turnirga bora olmagaç, özbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov qöşni mamlakat sportçisiga Parijda sekundantlik qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qirğizistonlik murabbiy öz uyida şogirdining Olimpiadadagi yutuqlaridan quvonç köz yoşlarini tökkani haqidagi videolar tarqalgaç, Qirğiziston sport departamenti direktori Aybek Abdimuminov Beganas Sultanbayevning Parijga bora olmagani sababini ma’lum qildi.
«Munarbek Olimpiadaga nisbatan keçroq, iyun oyida litsenziyani qölga kiritdi. Ammo murabbiylarning akkreditatsiya oliş muddati mart oyidayoq yopilgani sababli boksçining murabbiyi Beganas Sultanbayev akkreditatsiya ololmadi», - deydi u.
Qiyin pallada qöşni mamlakat sportçisini qöllab-quvvatlagan özbekistonlik murabbiyning bu qarorini ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari «Markaziy Osiyo birodarligi» deya, olqişlaşmoqda.
Qayd etiş joiz, Munarbek Seyitbek uulu yarimfinal bahsini 9 avgust kuni Bolgariya vakili Xaver Diazga qarşi ötkazadi. Uşbu vazn toifasidagi yana bir yarimfinalda esa özbekistonlik Abdumalik Xalokov avstraliyalik Çarli Seniorga qarşi ringga çiqadi. Munarbek va Abdumalik öz janglarida ğolib çiqişsa, finalda özbek va qirğiz boksçisi töqnaş keladi.










