Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kişiga nisbatan sud hukmi öqildi: 23 nafar sudlanuvçi 5 yildan 20 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanganlardan ikkitasiga axloq tuzatiş işlari, uçtasiga ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo tayinlandi. Bir kişi sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortiş muddati ötib ketganligi sababli esa jazodan ozod qilingan.

Bugun Saidaziz Saidaliyev va boşqalarga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Sud hukmiga “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev tovlamaçilik, firibgarlik, jinoiy uyuşma taşkil etiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, bezorilik, pora berişda iştirok etiş kabi jinoyatlarni sodir qilgan deb topildi. U 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşlik belgilandi.

Sud hukmiga köra, qolgan sudlanuvçilarga quyidagiça jazo tayinlangan:

  • M.Mirxöjayev – (1983 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 277-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda ötaşlik belgilandi;
  • Ş.Samiyev – (1980 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 277-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşlik belgilandi;
  • A.Akramov – (1991 yilda Farğona viloyatida tuğilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşlik belgilandi;