Qöşma Ştatlar Ukrainaga 3,9 milliard dollarlik tranş ajratdi. Mablağlar davlat budjetiga tuşdi, deb xabar qildi Ukraina Moliya vazirligi 5 avgust, duşanba kuni. Xabarda qayd etilişiça, moliyaviy resurslar Jahon bankining «Ukrainada barqaror davlat boşqaruvini ta’minlaş uçun davlat xarajatlarini qöllab-quvvatlaş» (PEACE in Ukraine) loyihasi orqali taqdim etilgan. 

Idora boşliği Sergey Marçenkoning sözlariga köra, bu qaytarib olinmaydigan moliyaviy yordam hukumatga qarz yukini oşirmagan holda ijtimoiy-gumanitar sohadagi ustuvor xarajatlarni qoplaşga yordam beradi. Mablağlar öqituvçilar, Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari va boşqa davlat xizmatçilarining iş haqini tölaş, şuningdek, köçirilganlar, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarga yordam körsatişga yönaltiriladi. 

«Bu 2024 yilda Qöşma Ştatlar tomonidan töğridan töğri budjetni qöllab-quvvatlaşga birinçi tranşdir», dedi Ukraina boş vaziri Denis Şmixal Telegram messenjerida. Uning sözlariga köra, Ukraina joriy yilda Qöşma Ştatlardan jami 7,8 milliard dollar töğridan töğri budjet yordami oladi, bu esa unga «uşbu moliyaviy davrni işonçli tarzda ötkaziş» imkonini beradi. Ukraina Moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, 2022 yil fevral oyida Rossiyaning keng kölamli hujumi boşlanganidan beri AQŞdan töğridan töğri budjet yordami deyarli 27 milliard dollarni taşkil etdi. AQŞning 1,15 milliard dollarlik sönggi tranşi Kiyevga 2023 yil oktyabr oyida berilgan edi. 

Yevroittifoq moliyaviy yordami 

Iyul oyi oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yangi köp yillik qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida Ukrainaga 4,2 milliard yevroga yaqin moliyaviy yordam ajratişga kelişib oldi. Uşbu Yevropa Ittifoqi dasturi tört yil davomida 50 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordamni nazarda tutadi. Şundan 33 milliard yevro kredit, qolgani esa grant körinişida tölanadi. Oraliq moliyalaştiriş uçun jami 7,9 milliard yevro ajratilgan.