Şu hafta Qozoğistonda 5+1 formatidagi “Markaziy Osiyo – Yaponiya” ilk muloqoti bölib ötadi. Bu uçraşuvda Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida mintaqa uçun iqtisodiy kömak paketini e’lon qilişni rejalaştirmoqda, deya xabar tarqatdi The Japan Times.

Naşrning hukumatdagi manbalariga asoslanib yozişiça, bu yordam paketi Markaziy Osiyoni Kaspiy dengizi orqali Yevropa bilan boğlaydigan savdo yölagini taşkil etişga yönaltiriladi.

Yapon hukumati şu tarzda Rossiya va Xitoy ta’siri ostidagi mintaqaga iqtisodiy mustaqillikni ta’minlaşda yordamlaşişni maqsad qilgan.

Iqtisodiy kömak, şuningdek, dekarbonizatsiya va xalqlar örtasidagi aloqalarni qöllab-quvvatlaş masalalarini ham nazarda tutadi. Xususan, tabiiy gazni qayta işlaş va boşqa sohalarda uglerod çiqindilarini kamaytiriş uçun Yaponiya kompaniyalarining texnologiyalari va qarzlari taqdim etilişi kutilmoqda.

Fumio Kişida 9-12 avgust kunlari Özbekiston, Qozoğiston va Möğulistonga taşrif buyurişi rejalaştirilgan.

E’tiborlisi, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan Rossiya hududlarisiz boğlaydigan savdo yöli haqida ötgan hafta AQŞda ham gapirilgan edi. AQŞ davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo işlari böyiça yordamçisi Jyeyms ÖBrayyenning sözlariga köra, Vaşington MOni Armaniston yoki Ozarboyjon orqali jahon bozorlariga olib çiquvçi quruqlik savdo yölini taşkil etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.

“Agar biz Armaniston yoki Ozarboyjon orqali ötadigan marşrutni oça olsak, ular jahon bozorlariga çiqiş imkoniga ega bölişadi hamda Rossiya va Xitoyga boğliqligi ança kamayadi”, – degandi ÖBrayyen AQŞ Senatidagi qömita eşituvlarida.