Amerikaning Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimining beşinçi beta-versiyasini çiqardi, u Photos ilovasi dizaynini yangiladi va Safari brauzeriga yangi funksiyalar qöşdi. Kompaniya iOS 18 barqaror versiyasini kuzda çiqarişni rejalaştirmoqda.

Apple kompaniyasi foydalanuvçilar iltimosiga köra, Photos ilovasi dizaynini özgartirdi: endi asosiy fotosuratlar tarmoğidan turli xil suratlar töplamini köriş imkoni bölmaydi. Takrorlanuvçi elementlarni olib taşlaş orqali işlab çiquvçilar dasturdagi çalkaşliklarni kamaytirgan.

Endi setkaga köproq fotosurat siğadi, uni yuqoriga tortiş orqali töplamlarni köriş mumkin. Bir neçta albomi bölgan foydalanuvçilar ularni ilovaning yuqori qismida köradi va yaqinda saqlangan kontent endi Recent Days töplamiga joylaştiriladi.

Safari brauzerida endi veb-sahifalardagi çalğituvçi elementlarni yaşiriş mumkin, masalan, reklama sörovlari, cookie bannerlari va boşqalar. Biroq reklamalarni bloklaş imkonsiz, çunki funksiya faqat statik elementlar bilan işlaydi.

Apple avvalroq iOS 18 ga yöqolgan yoki şikastlangan surat va videolarni tiklaş imkoniyatini qöşgan edi.