Maqsadli qabul nima?

Maqsadli qabul – qaysidir hudud va yönalişlarda kadrlar yetişmovçiligi sabab ajratiladigan kvota hisoblanadi. Misol uçun, Navoiy viloyatining Ğozğon şahrida şifokorlar yetişmovçiligi bor. Ana şu yetişmovçilikni töldiriş maqsadida tibbiyot yönalişidagi OTMda aynan ğozğonlik abituriyentlar uçun davlat granti asosida maqsadli kvota ajratiladi.

Maqsadli kvotaga da’vogarlik qiliş yoki qilmaslik abituriyentning öziga havola: agar xohlasa, hujjat topşirayotgan paytda maqsadli qabulda iştirok etmoqçiligini belgilaşi kerak böladi.

Maqsadli kvotaning umumiy kvotadan farqli jihati, unda pastroq ball bilan ham davlat granti asosida öqişga kiriş imkoni bor. Ammo keyinçalik talaba ma’lum muddat öz hududida işlab berişi kerak va şundan keyingina diplomini qöliga oladi.

Raqobat kamroq, imkon köproq

Maqsadli qabulda iştirok etgan abituriyentning talaba böliş imkoni umumiy kvotaga qaraganda ança yuqori böladi. Sababi bunda raqobat ança kam. 

Masalan, 2023/2024 öquv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetida pediatriya yönalişi böyiça Ğozğon şahri uçun 3 ta maqsadli kvota ajratilgan. Uşbu örinlar uçun 22 nafar abituriyent da’vogarlik qilgan. Bu har bir öringa 7-8 abituriyent raqobatlaşdi, degani.

Umumiy kvota böyiça esa Samarqand davlat tibbiyot universitetining pediatriya yönalişiga 92 ta örin uçun (davlat granti 22 ta, tölov şartnoma asosida 70 ta) 9 200 nafardan ortiq abituriyent davlat imtihoniga kirgan. Ya’ni 1 örin uçun 100 abituriyent raqobatlaşgan.

Nusratova örniga Xayriyev

Maqsadli kvotani “öğirlaş” juda oddiy: abituriyent OTMga hujjat topşirişdan oldin öşa hududda doimiy yaşaş uçun biror xonadonda röyxatdan ötadi. Keyin hujjat topşirganida öşa manzilni körsatib, maqsadli qabulda iştirok etadi.

Mandat natijalariga köra, Samarqand davlat tibbiyot universitetida pediatriya yönalişi böyiça Ğozğon şahri uçun ajratilgan 3 ta maqsadli kvotaning bittasiga 144,8 ball töplab Jahongir Xayriyev ega çiqqan hamda davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan. U uşbu ball bilan umumiy kvotada tölov şartnoma asosida ham öqişga qabul qilinmas edi. Çunki bu yönalişda ötiş balli davlat granti uçun 161,7 ballni, tölov şartnoma böyiça 150,8 ballni taşkil etgan.