Tumanlarga tayinlangan yangi hokimlar, mustaqillik bayramidagi dam oliş kunlari, 15 yilga kesilgan tuman prokurori va Böstonliqdagi fojia — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Mustaqillik bayramida 4 kun ketma-ket dam
Özbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam oladi.
Qöşimça dam oliş kunlari 2024 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisidagi prezident farmonida belgilangan.
3 sentabr, seşanba iş haftasining turidan qat’i nazar, barça xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni etib belgilangan. 1 sentabr — Özbekiston mustaqilligi kuni 2024 yilda yakşanba — dam oliş kunlariga töğri kelişi munosabati bilan uşbu dam oliş kuni 2 sentabr, duşanba kuniga köçiriladi.
31 avgust, şanba — haftasiga 6 kun işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni, 5 kunliklar uçun odatiy dam oliş kuni böladi.
Şu tariqa, özbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi.
Yangi hokimlar tayinlandi
Bugun bir qator tumanlarga yangi hokimlar tayinlandi.
Jumladan:
Elyorbek Asronqulov — Farğona viloyati Furqat tumani hokimi;
Nurali Jörayev — Navoiy viloyatining Ğozğon şahri hokimi;
Komiljon Aytbayev — Qoraqalpoğiston Respublikasining Taxiatoş tumani hokimi;
Ahror Mansurov — Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi;
Sardorbek Ergaşev — Toşkent tumani hokimi etib tayinlandi.






