Avstraliya politsiyasi maşhur Bluey bolalar teleşousi asosida yaratilgan, çeklangan tirajdagi salkam 400 ming dollarlik tangalarni öğirlaşda gumonlangan şaxsga ayblov e’lon qildi.
Politsiyaning ma’lum qilişiça, ötgan oyda Ğarbiy Sidneydagi uşbu erkak işlagan ombordan 64 ming dona bir dollarlik Bluey tangalari öğirlangani töğrisida murojaat kelib tuşgan. Keyingi oydan umumiy foydalanişga çiqarilişi kutilgan tangalar nominal qiymatidan 10 barobar qimmat narxda sotiladi.
7 avgust kuni 47 yoşli Stiven Jon Nilson Sidneydagi uyida qölga olingan. U bosqinçilik va ğayriqonuniy kiriş bilan boğliq uçta band böyiça ayblanmoqda. Parramatta sudi uning garov evaziga ozod qilinişiga ruxsat bermadi.
Politsiyaning ta’kidlaşiça, tangalar ayblanuvçi işlagan ombordagi yuk maşinasi içidan öğirlanganidan bir neça soat ötib, internet orqali sotib yuborilgan. Öğrilik sodir etilişidan oldin tangalar Brisbendagi omborga ötkazilişi kerak edi. Oğirligi 500 kilogrammga yaqin bölgan tangalarning yöqolgani oradan bir neça kun ötib ma’lum bölgan.

Politsiyaga köra, ular 1000 donaga yaqin tangani topişga muvaffaq bölgan, qolganlari esa umumiy foydalanişga çiqib ketgan.
Tangalarga Bluey multfilmidagi kabi Dollarbucks belgilari tuşirilgan. Xillar itlari oilasi haqidagi maşhur şou Ludo animatsion şousi tomonidan yaratilgan bölib, u Buyuk Britaniya, AQŞ va Xitoy kabi dunyoning 60 dan ortiq mamlakatiga translatsiya qilinadi.











