Iyul oyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ birinçi örinbosari Alvar Ğaybullayev jurnalistlarga joriy yilning 1 avgustidan Özbekistonda elektr energiyasini hisoblaşning yangi billing tizimi joriy etilişini ma’lum qilgandi.

Hozirda korxona iste’molçilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobi 2012 yilda joriy qilingan billing tölov tizimi asosida yuritiladi.

“Bizga zamonaviy billing tizimi kerak edi, 2022 yilning oxirida yangi tizim böyiça texnik şartlar işlab çiqildi. Joriy yilning 1 avgustidan butun mamlakatda mazkur tizim yangilanadi. Hozirda mazkur tizim sinov tarzida Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida joriy etilgan ”, – degandi Ğaybullayev.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ saytidagi iste’molçi kabineti avgust oyi boşidan beri işlamayapti.

Kompaniya dastlab yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi işga tuşirilişi munosabati bilan 2024 yil 31 iyul soat 23:50dan 5 avgust soat 22:00gaça ma’lumotlarni qayta işlaş markazida profilaktik işlar olib borilişini ma’lum qildi.

“Mazkur vaqt oraliğida elektr energiyasi uçun onlayn tölovlarni amalga oşiriş hamda şaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olişda texnik uzilişlar bölişi, şu bilan birga iste’molçilarga qulaylik yaratiş maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molçilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib ötamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Lekin 6-7 avgust kunlari ham şaxsiy kabinet işlamadi. 7 avgust soat 17:00 holatiga köra, şaxsiy kabinetdan foydalaniş imkoniyati mavjud emas. Saytga kirgan odam quyidagiça e’longa duç keladi:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi işga tuşirilişi munosabati bilan hozirda DKni sozlaş böyiça texnik işlar olib borilayotgani va şu munosabat bilan 2024 yil 7 avgustgaça Respublika böyiça Iste’molçi kabinetida aktual ma’lumotlar bosqiçma bosqiç körinişi ma’lum qilinadi”.

Nega yangi billing tizimini işga tuşiriş keçikyapti?