Taşrif dasturi doirasida Ostona şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Qozoğiston Respublikasining «Oltin Qiron» («Oltin burgut») ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Qardoş mamlakatning oliy davlat mukofotini Özbekiston yetakçisiga prezident Qosim-Jömart Töqayev tantanali ravişda topşirdi.

Davlat rahbari köp millatli Özbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning köp asrlik çinakam döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalarini mustahkamlaş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarga berilgan baho, şuningdek, Özbekiston va Qozoğiston munosabatlarini yangi tarixiy bosqiç - strategik şeriklik va ittifoqçilik darajasiga olib çiqiş sari muştarak intilişlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi.



«Oltin Qiron» oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozoğiston bilan döstona munosabatlarni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun taqdirlanadi.


















