Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ostona şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etdi.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev raisligida ötgan tadbirda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, şuningdek, faxriy mehmonlar sifatida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ham qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, mintaqada köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantiriş, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qişloq xöjaligi va ekologiya sohalarida qöşma dastur va loyihalarni ilgari suriş, madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş, şuningdek, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi çora köriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekiston rahbari öz nutqida mintaqada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi umumiy sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

- Oçiq va samarali muloqotlarimiz, ilgari surilgan muhim taşabbuslar, işga tuşirilgan köp tomonlama loyihalar va dasturlar, amalga oşirilgan köplab qöşma tadbirlar va şu kabi boşqa harakatlarimiz mintaqa qiyofasini va imijini tubdan özgartirdi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Mintaqa mamlakatlari samarali hamkorlik qilib, muhim masalalarni hal eta boşlagani ta’kidlandi. Özaro savdo, investitsiyalar, yuk taşiş hajmi, fuqarolarning taşriflari bir neça barobar oşdi. Xorijiy davlatlarning mintaqaga qiziqişi sezilarli darajada oşdi, "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi turli uçraşuvlar şundan dalolat beradi.

- Bugun biz umummintaqaviy öziga xoslikni şakllantiriş jarayoni boşlangani haqida işonç bilan aytişimiz mumkin, - dedi Özbekiston prezidenti.

Davlatimiz rahbari hamkasblarining mintaqaviy özaro hamkorlik mexanizmlari va institutlarini işga tuşiriş, jumladan, milliy koordinatorlar, tarmoq vazirliklari va idoralari vakillari uçraşuvlari böyiça takliflarini qöllab-quvvatladi. Hozirgi bosqiçda qabul qilinayotgan qarorlarni amalga oşiriş va qöşma loyihalarni ilgari suriş uçun ta’sirçan vositalar kerakligini ta’kidladi.