Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Ostonada bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvi natijalari mintaqaviy hamkorlikni misli körilmagan darajaga olib çiqqani, unga tizimli, keng qamrovli va eng muhimi, işonçli xarakter berganini ta’kidladi.
«Umumiy sa’y-harakatlar natijasida köp yillik asosiy masalalar öz yeçimini topmoqda. Mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlaşda kompleks çora-tadbirlar qabul qilinyapti. Çegara, suv ta’minoti, migratsiya masalalari tizimli ravişda hal etilib, özaro savdodagi köplab tösiqlar bartaraf etildi. Çegara ötkaziş punktlari modernizatsiya qilinmoqda, transport aloqalari kengaytirilib, yangi yönalişlar oçilmoqda. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda», — deydi Qozoğiston prezidenti.
Qosim-Jömart Töqayevning ta’kidlaşiça, ötgan yillar davomida Maslahatlaşuv uçraşuvlari «mintaqaning xalqaro sub’yektivligi va birligini, şuningdek, hozirgi zamon çaqiriqlariga birgalikda javob berişga tayyorligimizni körsatuvçi samarali platformaga aylandi».
Qozoğiston prezidentining ta’kidlaşiça, hozirgi «oğir geosiyosiy va iqtisodiy şaroitda mintaqada hamkorlikni rivojlantirişning yuqori dinamikasini saqlab qoliş nihoyatda muhim». Öz navbatida Töqayev Qozoğiston Markaziy Osiyo işbilarmonlar kengaşini tuziş taklifini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Uning fikriça, mintaqaning tranzit-transport salohiyatini rivojlantiriş, şuningdek, Markaziy Osiyo transport tizimini rivojlantiriş böyiça Kompleks strategiyani qabul qiliş muhim ahamiyatga ega.
Qosim-Jömart Töqayev Qozoğistonning mintaqaviy şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş va Markaziy Osiyoning jahon miqyosidagi rolini oşiriş böyiça strategik yönalişi özgarişsiz qolişini qayd etdi.
«Işonçim komilki, mintaqamiz kelajagi faqatgina mamlakatlarimiz örtasidagi işonçli muloqot va hamkorlikka, barça içki va taşqi çaqiriqlarga adekvat javoblarni birgalikda izlaşga boğliq», — deydi Qozoğiston prezidenti.
















